Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
MUALLIFDAN 
Bismillahir rohmanir rohiym 
Qur’oni Karimni olamlarga bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi bo‘lishi uchun 
O’zining rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) ga nozil qilgan Allohga 
hamdu sanolar bo‘lsin! 
Alloh o‘zining Kalomi majidida (asta’izu billoh): 
«Albatta bu eslatmani (ya’ni Qur’onni) Biz o‘zimiz nozil qildik va 
shubhasiz, o‘zimiz uni muhofaza qilguvchimiz», deb Qur’oni Karimni saqlashga 
va’da bergan. («Hijr», 9). 
Alloh taolo Qur’oni Karimni eng mukarram va ulug‘ Kitob qilib, bizlarni uning 
tilovatiga musharraf etdi. Mazkur muborak Kitob orqali bizni diniy va dunyoviy ilmlardan 
boxabar qildi. 
Risolatni ado qilgan, amonatni bizlarga yetkazgan sayyidimiz Muhammad (s.a.v.)ga 
va u kishi bilan bizlarning o‘rtamizda vosita bo‘lgan hamda naql qiluvchilarning eng 
yaxshilari — avlodu ashoblariga salovotu salomlar bo‘lsin! Bu zotlar Payg‘ambar 
alayhissalomdan olgan ta’limotlarini, keyingi avlodlarga yetkazishdek yuksak burchni 
ado etganlarning eng ulug‘lari bo‘ldilar. Agar bu ta’limot bo‘lmaganida, bizlar hidoyat 
topmas edik. Buning uchun Alloh taolo hammalariga payg‘ambarlarning ummatlarga va 
ajdodlarning avlodlarga qilgan xizmatlari uchun beriladigan mukofotlaridan ato etsin. 
Qo‘lingizdagi risolani yozishdan maqsad butun Movarounnahr diyori faxrlanadigan 
va O’zbekiston yodgorliklar muzeyi uni saqlashdek sharafga ega bo‘lgan Usmon Qur’oni 
bilan tanishtirishlikdir. (Ushbu risola 1971 yilda chop qilingan. O’sha vaqtda mazkur 
Mushaf O’zbekiston davlat tarix muzeyida saqlanar edi. Tarjimon). 
Mazkur Mushaf bir paytlar Samarqandda bo‘lib, uning ulug‘ qadriyatiga hamma ham 
e’tibor bermas edi, uni asl mohiyati va tarixini bilmagan holda, tabarukkona ziyorat 
qilinardi, xolos. Chunki, o‘sha vaqtda bu o‘lkada ilmu irfon nuri susaygan va bid’atlar 
kuchaygan davr hukmron edi. 
Ruslar Samarqandni ishg‘ol qilgach bu qimmatli gavharga qiziqib qoldilar. Tezda 
uning dovrug‘i hamma yoqqa tarqaldi. Shu paytdan boshlab uning to‘g‘risida gazeta va 
jurnallarda maqolalar paydo bo‘la boshladi. Sovetlar davrida bu Mushafni tadqiq qilib 
o‘rganuvchilar ko‘paydi. Bu davrga kelib ilm-fanning ko‘p tarmoqlari vujudga keldi. 
O’zbekistonda har sohaning o‘z olimlari yetishib chiqdi. Toshkent asta-sekin ilm-ma’rifat 
markaziga aylandi. Poytaxtga jahonning barcha yurtlaridan delegatsiyalar, turli 
sayyohlar kela boshladilar. Ular Mushafning xabarini eshitgach, uni ziyorat qilish istagini 
bildirib, tarixi bilan qiziqdilar. Ayniqsa, musulmon delegatsiyalarining a’zolari bu 
muborak Mushaf to‘g‘risidagi haqiqatni bilishga katta ehtimom ko‘rsatdilar. Shu bois 
O’rta Osiyo va Qozog‘iston (hozirgi Movarounnahr. Tarj.) musulmonlari diniy idorasi bu 
Mushafi sharif to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida bir kitob yozishni zarur deb topdi. 
Kamina Allohdan madad so‘rab mazkur muhim vazifani ado etish uchun diyorimizda 
mashhur bo‘lgan Usmon Mushafiga taalluqli rivoyatlarni va mashhur asarlardagi unga 
tegishli xabarlarni jamlab, risola holida tasnif qildim. Uning avvaliga Qur’oni Karim 
tarixini va hazrati Abu Bakr va Usmon (r.a.) davrlaridagi uni jam’ qilishga taalluqli 
muhim masalalarni kiritdimki, ushbu Mushafi sharifimizning o‘rganilishi ana shularga 
bog‘liqdur. Risolani «Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi» deb atadim. Bu ishda 
mening xizmatim, faqatgina turli davrlardagi ma’lumotlarni yig‘ib, ularni tartibga 
keltirishdan iborat bo‘ldi, xolos. 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin