Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
bo‘lsa, ul zot to‘ldirar edilar».
Al-Buxoriy Al-Barrodan rivoyat qiladilar: «Lo yastavilqo’iduna...» oyati nozil bo‘lgan
paytda Payg‘ambar alayhissalom menga:
—Zaydni chaqir, lavhu qalam va kurak suyagini olib kelsin, — dedilar.
Shundan so‘ng, Zaydga:
—Yoz, «lo yastavilqo’iduna...»
deb, amr qildilar. (hadis).
Imom Muslim Abu Saiddan quyidagi hadisni keltiradilar: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar:
«Mendan Qur’ondan bo‘lak hech narsani yozmanglar».
Mana shu tartibning o‘ziga binoan Payg‘ambar (a.s.) Qur’onni namozlarda va
boshqa munosabatlar bilan tilovat qilgan chog‘larida sahobai kiromlar
uni yodlab olar va
o‘rganar edilar. Shunday qilib, Qur’onning yozilishi va qalblarda yod olinishi,
uning nozil
bo‘lishi bilan bir vaqtda kechdi, sahobalarning ba’zilari Qur’onni to‘la yod olgan bo‘lsalar,
ba’zilari esa bir qancha suralarni yod bilar edilar. Rasululloh vafot etgan vaqtlarida
Qur’oni Karim to‘liq holda sahobalar
tomonidan yod olinib, xurmo, toshtaxtacha va
boshqa narsalarga yozilgan edi. Rasululloh davrlarida Qur’onni to‘liq yod olgan
sahobalardan o‘ttiz kishi sanab o‘tilgan. Rasulullohning 44
ta vahy yozuvchi kotiblari
bo‘lgan. Shundan 14 talari mashhur. Ular navbatma-navbat kotiblik qilganlar. Bulardan
tashqari huzurlarida hozir bo‘lgan boshqa kishilar ham Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan
oyatlarni yozib olar va yodlar edilar.
Dostları ilə paylaş: