Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
hayotga kelgandek his qilardilar. 
Sahobalarning Qur’onni yod olishga bo‘lgan zavqu shavqlariga dalolat qiladigan 
xabarlar ko‘p. Rasululloh (s.a.v.) Qur’ondan ta’lim berish, uni tilovat qilishlikka katta 
ehtimom ko‘rsatar va ta’limtarbiya, irshod ishlarini Kalomullohni yod olgan, qorilarga 
topshirar edilar. 
 
SURA VA OYATLAR TARTIBI 
Shunday qilib, Qur’oni Karim Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida yozilgan va hifz 
qilingan edi. Undagi sura va oyatlarning tartibi Alloh taolo ilhomi ila Rasuli akram 
(s.a.v.) tomonlaridan belgilangandir. Bu ishning Alloh subhonahu va taolo tomonidan 
kelgan vahiy asosida bo‘lganligiga «Qiyomat» surasidagi oyatlar dalildur: 
«Uni (Qur’onni sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizda) qiroat qildirish ham 
Bizning zimmamizdadir. Bas, qachon Biz (ya’ni Jabroil farishta) uni (ya’ni har bir 
vahiyni) o‘qib bitganimizdan so‘nggina, siz ham uni o‘qishga ergashing!» (17-18 
oyatlar). 
Qur’oni Karim Rasululloh (s.a.v.) davrlarida hifz qilingan, namozlarda va boshqa 
munosabatlar bilan o‘qilgan kitob bo‘lgani uchun ham uni tartiblanmagan edi, deyishlik 
ehtimoldan uzoqdir. Suralarning ba’zilari to‘laligicha, ba’zilari parcha-parcha qilib nozil 
qilindi. Hech shubha yo‘qki, Qur’oni Karim suralari va oyatlarining hozirgi tartibi 
payg‘ambar alayhissalom ko‘rsatgan va o‘qitgan tarzdadir. Imom Buxoriy asarlarida 
Payg‘ambar alayhissalomdan quyidagi hadis bor: «Kimki Baqara surasining oxiridan ikki 
oyat o‘qisa, unga kifoyadur». Mana shuning o‘zi ham Qur’oni Karim Rasululloh davrlarida 
tartibga solinganligiga dalolat qiladi. («MalQur’on» kitobi, 213-bet.) 
QUR’ONI KARIMNING ABU BAKR SIDDIQ ZAMONLARIDA SAHIFALARGA 
JAMLANISHI 
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng sahobalar va musulmonlar ul 
zotga xalifa qilib Abu Bakr (r.a.)ni saylashga qaror qildilar. Payg‘ambar (s.a.v.) 
vafotlaridan keyin hazrati Abu Bakrning fikrlarini mashg‘ul etgan asosiy narsa, murtad 
bo‘lgan qabilalarga qarshi qo‘shin to‘plash bo‘ldi. Arab jazirasining sharqida 
Musaylimatul Kazzob paydo bo‘lib, Islomga jiddiy xavf sola boshladi. Abu Bakr Siddiq 
(r.a.) Xolid bin Valid boshchiligidagi bir jangovar qo‘shinni unga qarshi yubordilar. Jang 
nihoyatda shiddatli bo‘lib, unda musulmonlardan 1200 kishi, shu jumladan, Qur’onni yod 
olgan yetmishga yaqin murattab qorilar shahid bo‘ldi. Buning xabari Madinaga yetib 
kelganda, hazrati Umar bin Xattob qattiq tashvishlanib, hazrati Abu Bakrga murojaat 
qildilar: 
— Ey amiral-mu’minin, boshqa joylardagi janglarda ham ko‘plab qorilar shahid 
bo‘laversa, Qur’oni Karim yo‘q bo‘lib ketadi deb, qo‘rqaman. 
Buni bajarishda ular quyidagichga yo‘l tutdilar: tosh taxtachalar, teri va boshqa 
narsalarga Rasululohdan yozilgan har bir parcha to‘plandi. Sahobalar yozib olgan bitiklar 
ham olib kelindi. Bularning to‘g‘riligini aniqlash uchun Qur’oni Karimni to‘liq yod olgan 
sahobalar ko‘rigidan o‘tkazish lozim deb topildi. Mana shu uch manba’ning bir xil 
dalolatiga binoan yozilgan va o‘qilgan parchalarda hech qanday xato yo‘qligi isbot 
qilingach, Qur’ondan har bir lafz yozilar edi. 
Ibni Abu Dovud aytadilar: Hazrati Abu Bakr Qur’oni Karimni jam’ qilishga 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin