Tahlillar va natijalar
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri,
mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli, ularni
byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya
qilinishi) mumkin.
Soliqlar byudjet daromadlarini salmoqli qismini tashkil etar ekan, ularni
byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi haqida iqtisodchi olimlarning fikrlarini ko’rib
o’tamiz.
Professor Sh.A.Toshmatov, mahalliy byudjetga soliq tushumlarini oshirishga
yo’naltirilgan bir qator tadbirlarni keltirib, unda soliqlarni turli darajadagi byudjetlar
o’rtasida taqsimlash tizimini mahalliy hokimiyatlarning soliq tushumlarini
maksimallashtirishdan manfaatdorligini ta’minlash kontekstida takomillashtirish
bo’yicha fikr mulohazalarni berib o’tadi. Shuningdek, hududiy soliq salohiyatni
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1783
baholash va mahalliy soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish zarurligini
ilgari suradi[7] .
A.X.Islamqulov respublikamizda davlat byudjeti daromadlari barqarorligi, turli
darajadagi byudjet daromadlari mutanosibligini ta’minlash maqsadida markaziy va
mahalliy davlat hokimiyatlarining moliya-byudjet, byudjet-soliq sohalarida
vakolatlarini aniq belgilab olish lozimligini ta’kidlaydi. Bunda muallif byudjet
tizimining bo’g’inlari o’rtasida daromad vakolatlari va xarajat majburiyatlarini optimal
taqsimlash tizimini mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash gorizontida amalga
oshirishni ilgari suradi[[8].
Q.A.Usmonov esa, byudjet daromadlarini rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida
to’xtalib, hozirgi kunda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar
bazasini yetarli va sifatli darajada shakllantirish hamda bu boradagi huquqiy hujjatlarni
qayta ko’rib chiqish va byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni tartibi, usuli,
muddati hamda ishtirokchilar vazifalarini aniq ko’rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul
qilish lozimligini ilgari suradi[9] .
Byudjet daromadlarini byudjetlararo taqsimlash natijasida byudjetlararo
munosabatlar yuzaga keladi.
T.Malikov, O.Olimjonovlarning fikricha “Byudjetlararo munosabatlar - davlat
hokimiyat organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari o’rtasida
munosabatlardir” [6].
Respublikamizda markaziy darajada byudjetlararo munosabatlar tizimi nisbatan
barqarorlashtirilgan bo’lsa-da, mahalliy darajadagi byudjetlararo munosabatlar
tizimida echimini kutayotgan muammolar mavjuddir. Ayniqsa nisbatan iqtisodiy
salohiyati yuqori bo’lgan hududlarimizda, manzilli byudjet transfertlariga ehtiyojmand
tuman va shaharlarimizning mavjudligi ushbu sohadagi islohotlarni tizimli ravishda
kuchaytirishni talab qilmoqda.
1-rasm. Mahalliy byudjetlar daromadlarining tarkibi
Amaliyotda mahalliy byudjetlari daromadlari o’z daromadlari, biriktirilgan
daromadlari, tartibga soluvchi daromadlari va moliyaviy transfertlardan tashkil topadi
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1784
(1-rasm). Mahalliy byudjetlarning o’z daromadlarini yetishmasligi biriktirilgan va
tartibga soluvchi daromadlardan foydalanishga sabab bo’ladi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda bir byudjetdan boshqa
byudjetga muayyan maqsadda yoki maqsadni ko’rsatmagan holda mablag’larning
o’tkazilishini o’zida ifodalovchi byudjetlararo transfertlar muhim ahamiyatga ega.
Demak, byudjetlararo transfertlardan foydalanish byudjetni tartibga solishning asosiy
maqsadi bo’lgan mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi
muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Xorijiy tajribani o’rganish byudjet amaliyotida
umumqabul qilingan ikkita usul faol qo’llanilishini ko’rsatmoqda. Birinchi usul
byudjetning har bir darajasiga soliq solinadigan bazalarni biriktirish yoki barcha
daromadlarni safarbar qilish va keyinchalik quyi byudjetlarga taqsimlash tartibida
daromad manbalarini byudjet tizimining bo’g’inlariga qarab taqsimlashni o’z ichiga
oladi. Ikkinchi usul esa byudjet tizimi byudjetlarining yuzaga keladigan vertikal
nomutanosibligi masalalarini hal qilishga qaratilgan transfertlar shaklida grantlar
ajratishni o’z ichiga oladi.
Byudjet tizimi rivojlanishining yangi bosqichi mahalliy byudjetlarning
mustaqilligini ta’minlash va moliyaviy nomarkazlashtirish masalalarida mahalliy
hokimiyat organlarining vakolatlarining kengayishi bilan izohlanadi. 2017 yildan
boshlab daromadlar bazasini mustahkamlash, mahalliy byudjetlarning moliyaviy
mustaqilligini ta’minlash siyosati doirasida mahalliy byudjetlarning nisbiy
ko’rsatkichlari mutlaq ko’rsatkichlar oshgani sayin sezilarli darajada pasaya boshladi.
2018-2021 yillarda davlat byudjeti daromadining o’sish sur’atlari mahalliy
byudjetlar daromadlarining o’sish sur’atlaridan yuqori bo’lgan. Bunday holat
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi
(2-rasm).
2-rasm. Davlat byudjeti tarkibida mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlari
ulushining o’zgarishi [10] (foizda)
Tahlil qilingan davrda mahalliy byudjetlar daromadlarining davlat byudjeti
daromadlari tarkibidagi ulushi 2019 yilda 31,3 foizni va 2021 yilda 18,4 foizni tashkil
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1785
qilmoqda. Bu holat bir tomondan, mahalliy byudjet daromadlarining xarajatlariga
mutanosib emasligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, mamlakatda ijtimoiy soha
taraqqiyotiga ustuvor ahamiyat berilayotganligidan darak beradi. O’z navbatida,
byudjet qonunchiligiga ko’ra, mahalliy byudjetlar taqchillik bilan moliya yilini
yakunlashiga yo’l qo’yilmaydi. Shu munosabat bilan moliyaviy transfertlar orqali
mahalliy byudjetlarning taqchilligi qoplanib kelinmoqda.
Soliqlarning byudjet tizimi byudjetlariga biriktirilishida aholi soni, zichligi va
soliq to’lovchilar soni inobatga olinadi. Ushbu mezonlar asosida quyi turuvchi
byudjetlar daromadi xarajatlarini qoplash uchun yetmasa, shuningdek, respublikada
ijtimoiy
ne’matlarning
adolatli
taqsimlanishiga
erishishda
byudjetlararo
mutanosiblikni ta’minlash dastaklaridan foydalaniladi. Respublikada iqtisodiy
islohotlar natijasida mahalliy byudjetlar: viloyat hamda tuman va shaharlar mahalliy
byudjetlari daromad vakolatlari belgilab berildi. Shundan kelib chiqib, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining ushbu soliqlarni to’liq va o’z vaqtida tushishi uchun qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratib, ular bo’yicha ortiqcha tushumlar ta’minlashidan
manfaatdorligi kuchaytirildi.
Umumdavlat soliqlarining (yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz va b.) bir
qismi qonunchilikda belgilangan normativ me’yorlar asosida mahalliy byudjetlarga
o’tkaziladi. Umumdavlat soliqlaridan ajratma me’yorlarining o’zgarib turishi mahalliy
byudjetlar moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois, qo’shilgan
qiymat solig’i, daromad solig’i, foyda solig’idan tushumlarni ulushli tarzda mahalliy
byudjetlarda qoldirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Soliq vakolatlarining hukumatning turli bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanishi
byudjetlararo munosabatlarni tashkil etishda muhim o’rin egallaydi. Shuni ta’kidlash
joizki, daromadlarning davlat hokmiyatining turli bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanishi
xarajat vakolatlarini nomarkazlashtirish tamoyilidan kelib chiqadi hamda mos
ravishda, hududiy va mahalliy hukumat organlarining funksiyalarini kengaytirish
orqali amalaga oshiriladi.
Bunda hukumatning turli bo’g’inlari o’rtasida soliqli daromadlarning ma’lum
turlarini to’liq biriktirib qo’yish bilan muammo hal etilmaydi. Aksariyat hollarda,
soliqli daromadlarni va soliq vaoklatlarini biriktirishning turli sxemalari mavjudligi va
uni tatbiq etish muammoning yechimi bo’lishi mumkin.
Soliqlar va to’lovlarni byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi natijasida mahalliy
hokimiyat organlari o’zlarining vakolatlari doirasida mahalliy soliq va yig’imlarni
tushum darajasini oshirish yo’li bilan daromadlar bazasini oshirishga manfaati
kuchaydi va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini hamda yig’uvchanlik
darajasini solishtirish yo’li bilan mahalliy hokimliklarning faoliyatini real baholash
imkoniyati paydo bo’ldi. [13]
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1786
1-jadval
Umudavlat soliqlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar byudjetlariga ajratmalar me’yori[10] (foizda)
2018 yilda yagona soliqdan meyoriy ajratma hamma hududlar uchun 100 foiz
qilib belgilangan (Toshkent shahridan tashqari). 2018 yilda foyda soligʼi
Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Namangan viloyati va Surxondaryo viloyayatlarida
100 foiz hududlarning ixtiyorida qoldirilgan boʼlsa, Аndijon (65%), Buxoro (79%),
Jizzax (81%), Qashqadaryo (32%), Navoiy (92%), Sirdaryo (90%), Fargʼona (85%) va
Xorazm (83%) viloyatlarida 32-92 foizlarni tashkil etgan va 2019-2020 yillarda
Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan tashqari hamma hududlarda 100 foizni
tashkil etgan. Jismoniy shaxslarning daromad soligʼidan meʼyoriy ajratma 2018-2020
yillarda foizgacha Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan tashqari hamma
hududlarda 100 foizni tashkil etgan. QQSdan ajartma esa 2020 yilda faqatgina
Qoraqalpogʼiston Respublikasida 100 foizni tashkil etgan.
2020 yil 25 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun
O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida” Qonunida Byudjetlararo
munosabatlarni tartibga solishning, xususani 2021 yil uchun Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va
shaharlar byudjetlari daromadlarini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari
keltirilgan
1
va unga ko’ra soliqlarning bir necha turlari tumanlar va shaharlar
byudjetlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyat byudjetlari va Toshkent
shahar byudjetiga to’liq hajmda o’tkazilishi belgilandi (2-jadval).
1
O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi “2021-yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti
to’g’risida” O’RQ-657-son Qonuni
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1787
2-jadval
2021 yilda soliqlarni byudjet darajalari o’rtasida taqsimlanishi [10]
Byudjet darajalari
Soliq turlari
tumanlar va
shaharlar byudjetlari
➢ jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i;
➢ jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i;
➢ jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi
to’g’risidagi deklaratsiyaga asosan to’laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar
to’laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
➢ suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan
to’lanadigan soliq mustasno;
➢ qurilish materiallari bo’yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
byudjeti, viloyat
byudjetlari va
Toshkent shahar
byudjeti
➢ yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
➢ yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i;
➢ elektr stansiyalari tomonidan to’lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
➢ benzinni, dizel yoqilg’isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz
solig’i;
➢ aylanmadan olinadigan soliq;
➢ qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar
berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
➢ qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga
undiriladigan jarimalar;
➢ ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yig’imlar;
➢ qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga
undiriladigan boshqa yig’imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig’imlar va
g’ildirakli transport vositalari, o’ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan
utilizatsiya yig’imidan tashqari);
➢ avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga
vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’imlar;
➢ qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi
bo’yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;
➢ davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan
qonunchilikda belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar;
➢ mobil aloqa xizmatlari va alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo uchun aksiz solig’i bo’yicha
tushumlar tegishincha 2020 yilning 1 iyul holatiga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 134-moddasida byudjetlararo
transfertlarning shakllari keltirilgan bo’lib, ular subvensiyalar, o’tkazib beriladigan
daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar,
tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida
amalga oshiriladi.
3-jadval
Byudjetlararo transfertlarning turlari[11]
Subvensiyalar
O’tkazib
beriladigan
daromadlar
Dotatsiya
Byudjetlararo
o’zaro hisob-
kitoblar
Transfertlar
Maqsadli
ijtimoiy
transfertlar
Tartibga soluvchi
byudjetlararo
transfertlar
asosiy
makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar
prognozi va
tegishli
ma’muriy-
hududiy birliklar
hududida
yuqori turuvchi
byudjetdan quyi
turuvchi
byudjetga
Byudjetlararo
o’zaro hisob-
kitoblar moliya
yili mobaynida
yuqori turuvchi
byudjetdan quyi
turuvchi
byudjetga ta’lim
qaytarilmaslik
sharti bilan
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1788
Davlat
byudjetining
asosiy
parametrlari
tasdiqlanayotgan
da belgilangan
xarajatlarni
amalga oshirish
uchun ajratiladi.
shakllantiriladiga
n va yuqori
turuvchi
byudjetga
o’tkaziladigan
daromadlar ular
qaysi ma’muriy-
hududiy birlikda
shakllantirilgan
bo’lsa, o’sha
ma’muriy-
hududiy birlik
byudjetiga
o’tkazib berilishi
mumkin.
dotatsiya quyi
turuvchi byudjet
xarajatlarining
rejalashtirilgan
hajmi
subvensiyalar va
o’tkazib
beriladigan
daromadlar
hisobga olingan
holda mazkur
byudjet
daromadlarining
prognoz qilingan
hajmidan oshib
ketgan taqdirda
ajratiladi.
byudjetlar
parametrlari
o’zgarganda
yuqori va quyi
turuvchi
byudjetlar
o’rtasida yuzaga
keladigan o‘zaro
pul
munosabatlaridi
r.
va tibbiyot
muassasalarinin
g ish haqi va
ijtimoiy soliq
bo’yicha
xarajatlarini
qoplash uchun
ajratiladi.
byudjeti,
viloyatlar va
Toshkent shahar
mahalliy
byudjetlari, davlat
maqsadli
jamg’armalari
byudjetlari
xarajatlarining
tegishli
daromadlar
prognozlaridan
oshgan qismini
qoplash uchun
beriladi.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan viloyatlar
mahalliy budjetlari daromadlari tarkibida maqsadli ijtimoiy (tartibga soluvchi
budjetlararo) transfertlarning ulushini ko’rib chiqamiz.
4-jadval
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan viloyatlar mahalliy budjetlari
daromadlari tarkibida maqsadli ijtimoiy (tartibga soluvchi budjetlararo)
transfertlarning ulushi[10] %da
T/r
Hududlar nomi
Maqsadli ijtimoiy
taransfertlar
Tartibga soluvchi budjetlararo
transfertlar
2018 yil
2019 yil
2020 yil
2021 yil
1.
Qoraqalpog’iston Respublikasi
34,9
0
0
44,6
2.
Andijon viloyati
40,3
41,9
22,0
27,2
3.
Buxoro viloyati
15,9
0
0
18,5
4.
Jizzax viloyati
35,7
39,8
29,9
28,8
5.
Qashqadaryo viloyati
14,1
0
20,5
38,03
6.
Navoiy viloyati
13,9
0
0
0
7.
Namangan viloyati
44,3
42,4
32,7
39,5
8
Samarqand viloyati
37,7
43,7
10,6
29,3
9.
Surxondaryo viloyati
44,0
42,3
32,5
42,4
10.
Sirdaryo viloyati
33,6
39,5
31,4
41,8
11.
Toshkent viloyati
18,1
0
0
0
12.
Farg‘ona viloyati
39,4
0
10,5
23,9
13.
Xorazm viloyati
36,8
41,8
24,6
30,5
14.
Toshkent shahri
0
0
0
0
Jami
29,3
20,0
14,5
26,0
2019 yilda maqsadli ijtimoiy tarnsfertlar tuman va shahar byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim va sog’liqni saqlash
muassasalarining yagona ijtimoiy to’lov va ish haqlarini moliyalashtirish uchun
ajratilgan [12].
Globallashuv sharoitida davlat moliyasini boshqarish sohasida olib borilayotgan
tadqiqotlarda byudjet tizimi byudjetlari daromad manbalarini ilmiy asoslangan holda
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1789
belgilash, soliqlar vositasida byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish, turli
darajadagi byudjetlar o’rtasida soliqlarni taqsimlash, byudjet transfertlarini ajratishda
hududlarning byudjet bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga katta e’tibor
qaratilmoqda. Soliqlar tizimini takomillashtirish orqali byudjetlararo mutanosiblikka
erishish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil byudjet-soliq siyosatini
yuritishini tashkil etish, mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligi darajasini
oshirish, davlat byudjeti daromadlari va qo’shimcha manbalarini shakllantirishga oid
samarali fiskal siyosat yuritish, byudjetlararo munosabatlarda soliqlarni ulushli tartibda
taqsimlash kabi yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda.
Davlat moliyasini boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va byudjet
intizomini yanada mustahkamlash, soliq-byudjet tizimining shaffofligini oshirish,
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish samaradorligi
va natijadorligini oshirish, Davlat byudjetini o’rta muddatli davr uchun
rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish hamda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O’zbekiston
Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-
tadbirlari to’g’risida” 2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4555-son qarori ijrosini ta’minlash
maqsadida Vazirlar Mahkamasining “2020-2024 yillarda O’zbekiston Respublikasi
davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasini tasdiqlash
to’g’risida” qaror qilindi va ushbu qaror bilan 2020-2024 yillarda O’zbekiston
Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi
qabul qilindi.
2020-2024 yillarda O’zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish
tizimini takomillashtirish Strategiyasida davlat byudjeti darajalari o’rtasida
majburiyatlarni taqsimlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlat moliyasini
boshqarishning yanada oqilona va samarali tizimini ta’minlash maqsadida byudjet
tizimining byudjetlari o’rtasida ulardan har birining xarajatlar bo’yicha
majburiyatlarini aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni
nazarda tutuvchi byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish zarur bo’lib,
byudjetlararo transfertlar miqdorini hisoblash va ajratishning yagona va shaffof
uslubiyati joriy etiladi.
Xulosa
Byudjetlararo munosabatlar o’z mohiyatiga ko’ra davlat moliya tizimining o’zagi
- byudjetni shakllantirish va amalga oshirish jarayonining alohida bosqichini nazarda
tutadi. Bu munosabatlarning mazmunini ushbu bosqichning ob’ektiv funktsiyasi, ya’ni
davlat hokimiyati va boshqaruvini tashkil etish uslubiga adekvat bo’lgan turli
darajadagi davlat byudjetlari ishtirokida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash
belgilanadi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1790
Yuqoridagi holatda umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar, jumladan, suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari
bo’yicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy
belgilangan soliq, mahalliy ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’iga aksiz solig’i,
davlat bojlari, yig’imlar va jarimalar to’liq hajmda mahalliy byudjetlar daromadlariga
o’tkazilishi hisobiga yuz bergan. Mamlakatda byudjetlararo mutanosiblikni ta’minlash,
hududlarning byudjet bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga qaratilgan siyosat
yuritilishiga qaramay, mahalliy byudjetlar ixtiyoridagi daromadlar ulushi pastligicha
saqlanib qolayotganini ijobiy baholab bo’lmaydi hamda mahalliy byudjetlar uchun
yetarli darajada emas.
Mahalliy byudjetlarning daromadlari barqarorligini oshirish, ular mustaqilligini
ta’minlash uchun soliqlardan berilayotgan ajratmalar byudjet qonunchiligiga muvofiq
hududlarning viloyat byudjetida qoldirilmoqda. Qayd etish joizki, mahalliy byudjetlar
balansligini ta’minlash ular daromadlarining xarajatlariga mutanosib bo‘lishini taqozo
etadi va xarajatlar tarkibini tahlil qilish, shu asosda ularni optimallashtirish mahalliy
byudjetlar mustaqilligini oshirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |