XULOSA VA TAKLIFLAR Tijorat banklari faoliyatini o’rganish jaroyonida shunday xulosaga keldikki
O’zbekison Respublikasi tijorat banklari faoliyati, ularning tashkil topish asoslari
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy xujjatlariga asosan asosan amalga
oshiriladi va ularning tijorat faoliyatini olib borishlari, turli xil operatsiyalarni amalga
oshirishlari uchun imtiyozlar va qulayliklarga egaligini ko’rishimiz mumkin.
Xozirda jaxonda banklar mijozlarga 300 dan ortiq xizmatlar ko’rsatadilar.
Shulardan asosiylaridan biri bo’lgan lizing operatsiyalaridir. Shu o’rinda aytib
o’tish kerakki O’zbekiston Respublikasi Mrkaziy bankining tijorat banklarda lizing
operatsiyalarini amalga oshirish uchun iqtisodiy meyorining o’rnatilgani tijorat
banklarida lizing xizmatlarining o’sishiga xizmat qiladi, bu esa banklarda lizing
bo’yicha xatarni kamaytirish bilan birga, bank bo’lmagan lizing beruvchilarga
banklar bilan raqobat qilish uchun sharoit yaratadi.
O’zbekiston Respublikasida lizing xizmatlari o’sish tendensiyaga ega bo’lsada,
foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun
quyidagilarni taklif qilamiz:
* lizing beruvchilarga kredit axbaroti tizimining aktiv ishtirokchilari
bo’lishlari, undan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish kredit xatarini
ancha kamaytirgan bo’lar edi:
* jixozlar xar xil maishiy texnika vositalri, avtotransport vositalarini,
ro’zg’orda foydalanildigan qishloq xo’jaligi taxnikalarini jismoniy shaxslarga xam
lizingga bersa jismoniy shaxslarda oldinga intilish, o’z ishlab chiqarishini amalga
oshirishga imkon tug’ilar edi:
Yuqorida keltirilgan fikrlar, faktlar lizingning rivojlanishi qolaversa
Respublikamiz iqtisodiyotining, bank tizimining barqarorligini ta’minlashda ishtirok
etadi. Lizingdan foydalanishning kengayishi, investitsiya muxitining yangilanishi,
samaradorligining oshishi, makroiqtisodiy barqarorliokning mustaxkamlanishiga olib
keladi. Natijada mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanadi va axoli turmush darajasi
yanada yaxshilanadi.