1.29.rasm. Ozena. ( B.S. Preobra-
jenskiy bo’yicha 1963.)
c)
Qatqaloqsiz ozena- bu turi uchun burundan ajralma kelishi va qatqaloqlar
xosil bo’lishi xarakterli emas. Shunga monand kakosmiya aniqlanmaydi. Lekin
boshqa belgilari u yoki bu darajada shakillangan bo’ladi.
Tashxis va qiyosiy tashxis. Boshlang’ich davrida tashxis qo’yish birmuncha
qiyin bo’ladi. Ayniqsa bolalarda “banal surunkali tumov” uzoq, sababsiz
cho’zilganligi uchun aniqlash qiyin bo’ladi. Shundan so’ng ozenani birlamchi bel-
gilari paydo bo’ladi, tashxislash shu paytda aniqroq bo’lishni boshlaydi. Avj dav-
rida ozenani tashxislash qiyinchilik tug’dirmaydi.
Qiyosiy tashxisni ozenani boshlang’ich davrida o’tkazish qiyin bo’ladi, ko’pincha
boshlang’ich davrini gipertrofik rinit bilan adashtiriladi. Ozenani yana uchlamchi
zaxm bilan qiyosiy tashxislanadi. Bundan tashqari rinoskleroma, surunkali yiringli
sinusit, rinolit, posttravmatik osteomielit, o’sma kasalligini parchalanish davri bi-
lan qiyosiy tashxislanadi.
Asoratlari. 2 ga bo’linadi.
1.
Mahalliy asoratlar.
a)
Ozenali faringit (shilliq qavat atrofiyasi, qatqaloqlar, og’izda qurush belgila-
ri, disfagiya aniqlanadi.)
b)
Ozenali laringit (hiqildoq shilliq qavatini subatrofiyasi, ovoz xiralashishi,
hiqildoqda shish va doimiy yo’tal aniqlanadi.)
c)
Surunkali yiringli sinusit (gaymorit, etmoidit, frontit, sfenoidit)
d)
Ko’z va uning xosilalarini yallig’lanish kasalliklari (blefarit, konyuktivit,
keratit, dakriosistit)
e)
O’rta quloq va eshituv nayining yallig’lanish kasalliklari. Bemorda aralash
tipda eshitish pastligi aniqlanadi.
2.
Alohida asoratlar.
a)
OIT tomonidan kasalliklar (piofagya, surunkali gastrit, dispeptik
o’zgarishlar, ko’ngil aynishi, gohida qusish, ishtaha yo’qligi, qorin dam
bo’lishi, qo’lansa hidli axlat.)
b)
Bronx-o’pka asoratlari (surunkali va mavsumiy kattaral traxeobronxitlar,
bronxopnevmoniya, ikkilamchi bronxoektazlar)
c)
Nevrologik asoratlar (uch shoxli nervning nevralgiyasi, kraniofasial og’riq
sindromlari)
d)
Psixastenik buzulishlar (intellektual apatiya, xotirani pasayshi, depressiv ho-
lat)
Davolash. Etiologik davolash ozenada asosiy davolash usuli hisoblanadi.
Hamma davolash usullari nazariyalarga asoslanadi. Shuning uchun zamonaviy
davolash burun shilliq qavatini trofikasini yaxshilashga, burun bo’shlig’ininormal
hajmini tiklashga, ozenani tipik qo’zg’atuvchishi kliebsiella ozenaga qarshi kurash-
ishdan iborat. Davolash ikkiga bo’linadi.
1.
Konservativ davolash. Bunga: fiziologik va ishqoriy eritma bilan burun
bo’shlig’ini yuvish, qatqaloqlarni proteologik ferment bilan yuvib ularni yumshati-
ladi va ko’chiraladi, har xil vitaminsimon, Lyugol eritmasi bilan, salkoseril bilan
burun bo’shlig’i chayiladi.
Burunni dezinfeksiyali eritmalar bilan yuvishdan oldin burunni ichiga proteologik
fermantli dori vositalarini 15-20 minut yoki na’matak yog’ini 1,5-2 soatga tampon-
cha shaklida burniga tiqiladi. So’ng burun bo’shlig’i 2% li bikarbonat natriy erit-
masini gliserin aralashmasi bilan yuviladi. Bemorni eshitish naylariga suyuqlik kir-
ib ketmasligi uchun, bemor burnini yuvayotganda boshi biroz ko’tarilgan holatda
bo’lishi kerak. A.S. Kiselyov (2000), N.P. Simanovskiy tavsiya qilgan dori vositasi
xushbo’y hidga va bakteriosid ta’sirga ega bo’ladi (Thymoli 0,1 + Spiritus aethyli-
ci 95%- 20,0; 2-3 tomchi 1 stakan suvga qo’shiladi). Yuvish shpris bilan amalga
oshiriladi. Yaxshi kompleks davoda dezodorirlovchi, bakteriosidli va stimullovchi
xususiyatlarni xlorofilkaratin pasta amalga oshiradi (Passtae chlorophyllo- carotini
0,2+ Butyri Catsao 0,5, shamchada) yoki ixtiol malhamini ishlatish mumkin (Ung.
Ixthyoli 2%- 30,0+ Ol. Jecoris Aselli+ Ol. Persicorum 5,0 ml). Bundan tashqari
A,E vitaminlarini yog’li eritmalari, zaytun yog’ilari yaxshi samara beradi.
Fizioterapevtik davo ham yaxshi foyda beradi, masalan endonazal elaktroforez 1-
2% -KY eritmasi bilan (20 ta muolajaga), 0,5-1% nikotin kislota eritmasi (15
muolajaga), 0,1-0,2% li ximotripsin eritmasi (15 ta muolajaga) tavsiya qilinadi.
Ozenani davolashda medikamentoz usul qo’llanadi. Ayniqsa kliebsiella ozenaga
sezgir antibiotiklar tavsiya qilinadi. Bularni ichida aktivligi bo’yicha sterptomisin
sulfat hisoblanadi.
2.
Jarrohlik usulida davolash. Etiopetogenetik nazariyalardan anatomik va
neyrogen turlarida qo’laniladi.
A)
Burun yo’llarini toraytirishga asoslangan usullar.
a)
Burun to’sig’iga burunning lateral devorini surish usuli. Ikkala yuqori
jag’ning oldingi devoridan kesib ochiladi. Medial devoridan shilliq qavati ajartib
olinadi. Shundan so’ng ajratib olingan shilliq qavat pastki burun chig’anog’i bilan
birga burun to’sig’i tomon suruladi. Ikkala qiyqim (loskut) shunday holatda
bo’shliq ichiga to’mtoq tampon tiqilib va ipak tola bilan tikib qo’pladi.
b)
Burun to’sig’i osti shilliq qavati va uning laterial devorini alloplast im-
plantasiyasi usuli.
-
Burun pastki chig’anog’i shilliq qavati ostiga 1:1 nisbatda parafin yoki sul-
fat bariy aralashmasi yuborish;
-
Burun to’sig’i shilliq qavati ostiga xuddi shu moddalari yuborish;
-
Shilliq osti va suyak usti pardaga ikkita xosil bo’lgan akril tayoqchalarini
yuborish. Ulardan biri tub sohani va og’iz dahlizi orqali kesilib burun to’sig’ining
pastki sohasini shakllantirsa, ikkinchisi pastki burun chig’anog’ini shakllantiradi.
Akril tayoqchalarining diametri gugurt cho’pidan katta bo’lishi kerak emas.
B)
Burun shilliq qavatini oziqlanish jarayonini stimulasiyasiga qaratilgan usul-
lar.
Alloplast implantli materiallar burun shilliq qavatini oziqlanish jarayonini stimul-
lab beradi. Shu maqsadda K.L. Xilov (1962) vegetativ nerv chigalini stimulyasiya
qilish qo’llanmasini ishlab chiqqan. Burun to’sig’ini orqa qismiga sintetik
mahsulot- ivalonni ko’chirib o’tkazgan. Bu mahsulot ko’p miqdorda biriktiruvchi
to’qimaga o’xshash va simpatik nerv tolalarini stimullash xususiyatiga egadir.
C)
Burun shilliq qavatini namlashga qaratilgan usullar.
-
Almeyd usuli- ko’z yosh qopidan o’rta burun yo’liga ko’z yosh oqishi
uchun drenaj shakillantirish. Burun shilliq qavatini nisbatan namlanishiga sabab
bo’ladi.
-
Vitmaak usuli- bunda quloq oldi bezining chiqaruv kanali yuqori jag’ga
implantasiya qilinadi. Burun o’rta chig’anog’ini yuvulib turishiga sabab bo’ladi.
-
Uyqu arteriyasining simpatik nerv chigalini olib tashlash- burun shilliq
qavatini giperemiyasuga sabab bo’lib, bezlarning funksiyasini aktivlashishiga sab-
ab bo’ladi.
3.
BURUN YONDOSH BO’SHLIQLARINI KASALLIKLARI.
Sinusit- bu burun yondosh bo’shliqlarini shilliq qavatini, shilliq osti qavatini, goh-
iga suyak usti parda va suyak qismini yallig’lanishi bilan birga kechuvchi kasal-
likdir.
Burun yondosh bo’shliqlarini yallig’lanishi LOR kasalliklarini ichida birinchi
o’rinda turadi. Pediatriyada barcha yuqori nafas yo’llari kasalliklari ichida burun
yondosh bo’shliqlari kasalliklari 28-30% tashkil etadi. Shu kasallik bilan og’rigan
bolalarning 50% keksalikkatsha kasallanishda davom etadi. Jarayon burunning bir
nechta bo’shliqlariga bir vaqtda tarqalsa- polisinusit, bir tomonlama hamma
bo’shliqlarni yallig’lanishi- semisinusit, hamma bo’shliqlarni yallig’lanishi- pansi-
nusit deb ataladi. Yuqori jag’ bo’shlig’ini o’tkir yallig’lanishi (gaymorit)- 12,9 %,
surunkali yallig’lanishi 7,1% ni tashkil etib, boshqa sinusitlar ichida ko’p uchraydi.
Keyin g’alvirsimon bo’shlig’ining yallig’lanishi (ethmoidit)- 1,6% ni tashkil etsa,
keying o’sinda peshona bo’shlig’ini yallig’lanishi (frontit)- 0,3% va asosiy
bo’shliqni yallig’lanishi (sphenoidit) egallaydi. Yoshi 7 yoshdan oshgan bolalarda
va kattalarda gaymorit, 3 yoshgacha etmoidit (80-92%), 3 yoshdan 7 yoshgacha
bolalarda ko’proq etmoidit va gaymorit qayd etiladi. Ko’pincha gaymoroetmoidit
(70% gacha)kombinasiyasi tashkil etsa, eng kamini frontoetmoidit (14%) kom-
binasiyasi tashkil etadi.
Tasnifi. Shu paytgacha bir nechta olimlar o’zlarining turli tavsiflarini tavsiya
etganlar. Shulardan bir nechtasini ko’rib chiqamiz.
I) B.S. Preobrajenskiy (V.T. Palchun 1974 yilda)ning takomillashgan tavsifi
quyidagicha.
A.
Ekssudativ shakli: 1) kattaral; 2) serozli; 3) yiringli (davolash asosan kon-
servativ va ayovchi jarrohlik usullari (zondlash, punksiya, drenajlash, burun yon-
dosh bo’shliqlarini endoskopik ochish, infundibulotomiya va boshq)
B.
Produktiv shakllari: 1) devor oldi giperplastik turi; 2) polipozli (davolash
jarrohlik usulida, giposensibilizatsiyali dori vositalari bilan birga qo’llab)
C.
Alterativ shakllari: 1) atrofik; 2) nekrotik; 3)xolesteatomali; 4) kazeozli
(jarrohlik usulida davolash)
D.
Aralash shakllari (yiringli-polipoz, kistozli-polipoz)
E.
Vazomotor va allergik sinusit
II) 1997 yilda Z.S. Piskunov va G.S. Piskunovlar tavsifini tavsiya qiladilar.
1.
Kechishi va jarohatlanish shakli bo’yicha
A)
O’tkir;
-
Kataral;
-
Yiringli;
-
Nekrotik;
B)
Surunkali;
-
Kataral;
-
Yiringli;
-
Divor oldi- giperplastik;
-
Polipoz;
-
Fibroz;
-
Kistali (aralash shaklli bo’lishi mumkin, masalan: yiringli-polipoz, kistali-
polipoz)
-
Asoratlangan (osteomielit, xolesteatoma, pio-mukasele, ko’z orbitasi
klechatkasiga yallig’lanishni tarqalishi)
-
Allergik;
2.
Kelib chiqish sababiga ko’ra:
-
Rinogen;
-
Odontogen;
-
Travmatik;
3.
Qo’zg’atuvchining xarakteriga ko’ra:
-
Virusli;
-
Aerob bakteriyali;
-
Anaerob bakteriyali;
-
Zamburug’li;
-
Aralash;
4.
Jarayonni tarqalishiga ko’ra:
-
Etmoidit;
-
Gaymorit;
-
Frontit;
-
Sfenoidit;
-
Etmoidogaymorit;
-
Etmoidofrontit;
-
Etmoidogaymorofrontit;
-
Etmoidogaymorosfenoidit;
-
Etmoidofrontosfenoidit;
-
Gemisinusit (o’ng tomonlama, chap tomonlama)
-
Pansinusit.
III) Kechishi bo’yicha 1997 yilda Klement P.A quyidagicha taklif bergan.
1.
O’tkir- yallig’lanish jarayoni bolalarda 12 haftagacha, kattalarda 8 haftaga-
cha davom etgan bo’lsa.
2.
Qaytalanuvchi- yil davomida 2-4 marta simptomsiz davrlar bilan kechsa
3.
O’tkir osti- o’tkir respirator virusisiz boshlansa va xurujsiz kechsa.
4.
Surunkali- bolalarda yallig’lanish jarayoni 8 haftadan ko’p bo’lsa, kattalar-
da 12 haftadan oshgan bo’lsa yoki medikamentoz davolashdan keyin 4 haftadan
keyin tashxis qo’yilsa.
5.
Surunkali sinusitning xuruji- to’satdan odatdagi simptomlarni og’irlashishi
yoki yangilarini paydo bo’lishidir.
Nazokomial yoki postintubatsion sinusit- bu sinusitni alohida shakli bo’lib, 24 soat
ichida reanimatsiya bo’limida davolanuvchi bemorlar orasida shakllanadi.
Jarayonni og’irlik dajasiga qarab.
-
Yengil kechishi- tana harorati subfebril, umumiy intoksikasiya belgilarini
(bosh aylanishi, holsizlik, bosh og’rig’i) sekin asta namoyon bo’lishni boshlaydi.
Hid bilish faoliyati nisbatan pasaygan, mahalliy- burun biroz bitgan va burundan
shilliq yoki shilliq- yiringli ajralma aniqlanadi. Rentgenogrammada va kompyuter
tomografiyada burun shilliq qavatini shilliq oldi shishi tipida qorayish aniqlanadi,
shilliq qavatning qalinligi 6 mmgacha (norma- 0,1- 0,5 mm) bo’ladi.
-
O’rtatsha og’rlikda kechishi- tana harorati 37,5°C dan baland bo’ladi,
umumiy intoksikatsiya belgilari kuchliroq namoyon bo’lishni boshlaydi. Bemorlar
bosh og’rig’iga, hid bilish pastligiga, og’riqni quloqqa va tishlarga uzatilishiga shi-
koyat qiladi. Mahalliy: burunda quyuq shilliq- yiringli ajralma aniqlanadi, burun
bitishi, uchlamchi nerv tolasi chiqadigan teshiklar bosib ko’rilganda og’riqli
bo’lishi, periferik qondagi patologik o’zgarishlar (leykositlarni chapga siljishi)
aniqlanadi. Rentgenogrammada va kompyuter tomografiyada burun shilliq qavatini
total qorayishi aniqlanadi, shilliq qavatning qalinligi 6 mmdan ko’p bo’ladi.
-
Og’ir kechuvi- tana harorati 38°C dan yuqori bo’ladi, umumiy belgidan ju-
da kuchli namoyon bo’ladi. Kuchli bosh og’rig’i, uchlamchi nerv tolasi chiqadigan
teshiklar bosib ko’rilganda og’riqli bo’lishi, halqumni yoki burundan orqa devori-
dan ko’p miqdorda yiring oqishi. Periferik qonda leykositar formula chapga
siljigan. Rentgenogrammada va kompyuter tomografiyada burun shilliq qavatini
total qorayishi bitta yoki bir nechta bo’shliqlarda aniqlanadi, shilliq qavatning qal-
inligi 6 mmdan ko’p bo’ladi
-
Juda o’gir kechishi- asosiy belgilari- rinogen kalla ichi yoki ko’z asoratlari
aniqlanadi.
Etiologiyasi.
1)
O’tkir sinusitning etiologiyasi.
-
Rinosinusitlar, har xil virislar keltirib chiqaradi: respirator- sinsitial vi-
ruslar, paragripp va gripp virusi, adenovirus, rinovirus, koronavirus va boshq.
-
Bakterial rinosinusitlar, Streptococcus pneumonia, Moraxella catarrhalis,
Haemophilus influenza, Streptococcus pyogenes, Staphilococcus aureus, hujayra
ichi parazitlari (xlamidiyalar va mikoplasmalar)
-
Noma’lum genezli o’tkir rinosinusit ( shilliq qavatni termik va kimyoviy
kuyushlari, atmosfera omillarini ta’siri- past harorat, yuqori namlik) (rasm)
2)
Surunkali sinusitlarni etiologiyasi.
Burun yondosh bo’shliqlarini surunkali yallig’lanishiga infeksiyalar sabab bo’ladi.
Asosiylari bakterial flora hisoblanadi. Asosiylari: spora xosil qilmaydigan anaero-
blar (Peptostreptococcus, Batsteroides, Prevotella, Veillonella, Fusobecterium av-
lodidagi bakteriyalar) Streptococcus pneumonia, Moraxella catarrhalis, Staphilo-
coccus aureus. Surunkali zamburug’li rinosinusitlarni: atshitqisimon zamburug’lar
Candida va Geotrichum, Aspergillus, Penicillium, Scopulariopsis, Mucor avlodi
zamburug’lari misol bo’ladi.
Surunkali rinosinusitning yana bir sababi- allergiya hisoblanadi.
Surunkali yallig’lanishga tashqi omillar (havoda har xil zaxarli moddalar bor
joyda, aktiv kimyoviy moddalr bor joylarda ishlab chiqarish korxonalarida ishlash,
ekologik muhiti zaxarli tumanlarda yashash, doimiy suv sportlarida ishtirok etish
va doimiy burun travmali) ta’sir qilishi mumkin.
Burun yondosh bo’shliqlarini surunkali yalliglanishiga burun to’sig’ini qiyshiqligi
(8- simon qiyshayish, C-simon qiyshayish, tikanaksimon va taroqsimon burun
to’sig’i qiyshiqligi, burun to’sig’ini yuqori-orqa qismlarini pnevmatizasiyasi),
pastki burun chig’anog’ining gipertrofiyasi, o’rta burun chig’anog’ining anomal
joylashishi yoki tuzilishi (bullyoz gipertrofiya, suyak gipertrofiyasi, asosiy
plastinkani pnevmatizasiyasi), ilgaksimon o’simtani anomal tuzilishi, agger nasi
hujayralarini gipertrofiyasi, g’alvirsimon bullani anomaliasi, yuqori jag’
bo’shlig’ida qo’shimcha teshigi bo’lishi, yuqori va pastki burun chig’anog’ining
bullyo gipertrofiyasi, halqum murtagini gipertrofiyasi, yuqori jag’ bo’shlig’ini
odontogen o’zgarishi sabab bo’lishi mumkin.
3)
Nazokomial rinosinusitni kasalxona ichi infeksiyasi qo’zg’atadi. Bularning
asosiylari Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Staphylococcus aureus, Can-
dida va Aspergillus zamburug’lari hisoblanadi.
Patogenezi.
O’tkir sinusitda virusli infeksiya’ni patogenez.
Asosan bolalarda sinusitlarni sababi (70- 80%) virus hisoblanadi. Virusli infeksi-
ya’ni kelib chiqishiga sabab bo’luvchi omillar: umumiy va mahalliy sovuq qotish-
lar, ob-havoli sharoit, atrof-muhitni haroratini yoki namligini tezlik bilan
o’zgarishi, , charchash, stress holatlar, burun sekretini ishqoriy bo’lishi, gipogam-
maglobulinemiya, zardobdagi IgG va sekretor IgA faoliyatini pasayishi misol
bo’ladi. Virus epiteliyning hujayrasi tarkibiga kirgandan keyin o’zining rep-
likasiyasini boshlaydi, bunga organizmning yallig’lanish va immun javob reaksiya-
lari
shakllanadi.
Buning
asosiy
belgilari:
vazodilatasiya,
qon
tomir
o’tkazuvchanligini oshishi, hujayra infiltrasiyasi, har xil yallig’lanish mediatorlar
mahsulatlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari seroz va shilliq bezlardan shilliq
ajrashni boshlaydi, epitelial va subepitelial sohada nerv reseptorlarini
qo’zg’aluvchanligi oshadi, bemorni qonida va burun sekretida neytrofillar miqdori
oshadi. Eksprimental va klinik tekshiruvlarda bradikinnin, sitokinin, xemokin mi-
qdori oshganligi aniqlanadi. Epitelial qavatda qo’pol morfologik oz’garishlar kelib
chiqadi: epitelial hujayrani deskvamatsiyasi,xilpillovchi kiprikchalarni yuzasida va
o’zida ultrastruktur o’zgarishlar kelib chiqadi. O’tkir rinit boshlangandan keyin bu-
run shilliq qavatining xilpillovchi epiteliy faoliyati to’xtaydi. Hujayralar
deskvamasiyasi bo’lgandan so’ng bazal qavat ochilib qoladi. Bu o’zgarish esa
to’qimani transsudasiyasiga olib keladi. O’tkir yallig’lanish fonida epitalial sohada
destruksiya kuzatiladi, qadoqsimon hujayralar soni kamayadi, alveolyar-nayli hu-
jayralar cho’ziluvchan shilliq ishlab chiqarishni boshlaydilar. Bez hujayralaridan
shilliq ishlab chiqarilgandan keyin, shilliq qavat ustida shilliq to’planadi. Shuning
uchun ham rinitning ikkinchi bosqichida shilliq zichligi pasayadi. Bu esa o’z
navbatida shilliq qavatni birinchi himoya qavatini buzilishiga sabab bo’ladi. Shun-
dan so’ng ko’p miqdordagi mikroblar va agentlar sinusitni keltirib chiqarishni
boshlaydi.
O’tkir sinusitda bakterial infeksiya’ni patogenez.
Burun shilliq qavatiga bakteriyalarni o’tirishi asosanxilpollpvchi kiprikchalari yo’q
epiteliy hujayralarida amalga oshadi. Epiteliy qatlamini butunligi- normal himoya
funksiyalari uchun yaxshi sharoit hisoblanadi. Ayrim mikroorganizmlar (Pseudo-
monas aeruginosa, Haemophilus influenza) epiteliy hujayralarini butunlay
buzulishiga sabab bo’ladi.
Respirator traktini epiteliy qatlamining ustki qatlamida shilliq gel bo’lib,
kipriksiz hujayralarga bakteriyalarni o’tirishdan saqlaydi va himoya qiladi. Sekre-
tor antitelalar bakteriyalarni samarali agglyutinasiya qilib, eruvchan antigen bilan
bog’laydi. Sekretor IgA va IgM larning funksiyasi shilliq qavatda infeksiyalarni
kolonizasiyaga olib kelmaslik va eruvchan antigenlarni ishlashiga yo’l berishdan
iborat. Gel qatlamini chuqurligi kiprikli epiteliy hujayralaridagi bakteriyalarni
harakatlanish tezligiga ta’sir ko’rsatadi. Agar gel tarkibi quyuq va kiprikchalar us-
tidan chiqib tursa, shilliq harakati sekinlashadi, natijada mikroorganizm va yot jism
zarralari kam harakatlanadi yoki harakati to’xtatiladi. Ko’p mikroorganizmlar
(Haemophilus influenza, Staphilococcus aureus, Streptococcus pneemoniya)
o’zidan substansiya ishlab chiqaradi, bu o’z navbatida shilliq sekretini oshiradi, na-
tijada uning himoya funksiyalari ham pasayadi.
Ayrim mikroorganizmlar o’zidan silioingibirlovchi omil ishlab chiqaradi. Bu
omil kiprikchalar harakatini pasaytiradi, shilliq qavatda ustidagi shilliqni
yo’qotadi. Bu xususiyatga, masalan, Pseudomonas aeruginosa piosianin va
gidroksifenazin
moddalarini
ishlab
chiqaradi.
Streptococcuc
pneumonia
pnevmolizin degan modda ishlab chiqarib nafaqat kiprikchalarni harakatini
yo’qotibgina qolmasdan, balki kiprikli epitelial hujayra bilan bazal membrana
orasidagi bog’liqlikni ham buzadi. Kiprikchalar harakat funkziyasi kiprikchalarn-
ing harakat koordinasiyasini buzilishi hisobiga kelib chiqishi mumkin.
Ko’p bakteriyalarning mahsuloti normal kiprikli epiteliyni jarohatlaydi va shil-
liq qavatda mikroorganizmlarni adgeziyasiga sabab bo’ladi. Epiteliy jarohatlanish
natijasida bakteriyal, mexanik, kimyoviy va boshqa yallig’lanish omillari ta’sirida
hujayrani deskvamasiyasi bo’ladi. Shundan keyin yallig’lanishning ikkinchi bos-
qichi, mahalliy va umumiy yallig’lanish reaksiyalari kelib chiqadi. Vazodilatasiya
kuzatilib, barcha arteriovenoz anastamozlar ochilib, barcha prekapillyar va kapil-
lyalarning sfinktelari bo’shashadi. Mahalliy giperemiya kichik arteriyalarda, arteri-
olalarda, kapillyarlarda va venulalarda bosim oshishi hisobiga kelib chiqadi. U
yerdagi bosim plazmadagi osmotik bosimdan yuqori bo’ladi, natijada mikro qon
tomir ichida suyuqlik to’qumaga sizib chiqadi va yallig’lanish shishiga olib keladi.
Mahalliy jarohatlangan joylardan fiziologik aktiv moddalar (semiz hujayralardan
va bazofillardan ishlab chiqariluvchi gistamin) ajrab chiqib farayon yana kuchaya-
di.
Surunkali sinusitda zamburug’li infeksiya’ni patogenez.
Shilliq qavatni zararlanishi virusli va bakterial infeksiyalardan keyin kelib
chiqadi. Shilliq qavatga zamburug’lar joylashib olgandan keyin shilliq qavatdan
eozinofillar chiqishi aktivlasadi. Eozinofillar o’zidan kationli oqsil ishlab chiqarib
shilliq qavat epitelysini jarohatlab, yallig’lanishli ta’sir ko’rsatadi. Shundan so’ng
zamburug’li allergik rinit kuzatiladi. Lekin ko’p hollarda zamburug’-bakterial as-
sosiasiyasi kuzatiladi.
Burunning ichki strukturasini anomaliyasi vs halqum murtagini gipertrofiyasi.
Burunda har xil to’siqlar bo’ladigan bo’lsa, havoni turbulentligi va yo’nalishi
o’zgaradi. Shilliq qavatni reseptorlari mexanik va kimyoviy ta’sirlanishi kuchaya-
di. Reseptorlarni qitiqlanishi, ayniqsa tikanaksimon va taroqsimon qiyshiqliklar
burun lateral devoriga tegib turgan soha kuchli qitiqlanadi. Yopiq xalqa paydo
bo’ladi, ya’ni burun to’sig’ida qiyshaygan soha kuchli qitiqlansa, uning qarama-
qarshi tomonida burun chig’anoqlarining shilliq qavati shishadi va yanada ko’proq
burun to’sig’iga bosim uyushtiradi, natijada burun to’sig’ining reseptor oxirlari
yanada qitiqlanadi. Reflektor o’zgarishlar paydo bo’lib, nafaqat shilliq qavat balki
qoshni va uzoqroq organlarda
ham
vasomotor o’zgarishlar kelib
chiqadi.Vazomotor o’zgarishlar burun chig’anog’ining ma’lum bir qismini yoki
hammasini egallashi mumkin. Bundan tashqari osteomeatal kompleksni ahamiati
juda katta: anatomik tuzilishlar burun bo’shlig’ini stenoziga va qaytuvchi in-
feksiyaga sabab bo’lishi mumkin.
Tashxisot. Tashxis asosan kompleks tekshirishlardan keyin qo’yiladi. Faqat-
gina rentgenogrammaga asoslanish bu xatodir, sababi bo’shliqdagi o’zgarish eski
kasallikning qoldig’i va yillab saqlanishi mumkin. Bundan tashqari rentgeno-
grammadagi o’zgarish 12% hollarda o’zgarishsiz bo’lishi mumkin. Tekshirish
quyidagicha olib boriladi:
1.
Shikoyat va anamnezini baholash;
2.
Umumklinik va otorinolaaringologik tekshiruv;
3.
Burundan ajralmani bakteriologik tekshiruvi;
4.
Endoskopik tekshiruv (endo foto suratlash), sinusoskopiya (kerak bo’lganda)
5.
Biopsiya va sitologik tekshiruv;
6.
Burun yondosh bo’kshliqlarini rentgenologik tekshirish va ko’rsatmaga aso-
san kontrast usulda tekshirish.
7.
Kompyuter tomogramma (KT), magnit rezonans tomografiya(MRT) (kerak
bo’lganda)
8.
Diegnostik maqsatda bo’shliqlarni punksiyasi (ko’rsatmaga asosan)
3.1.
Yuqori jag’ bo’shlig’ini o’tkir yallig’lanishi.
O’tkir gaymorit (highmoritis acuta)- yuqori jag’ bo’shlig’i shilliq qavatini o’tkir
yallig’lanishi.
Etiologiya va patogenezi. Gaymoritni asosiy qo’zg’atuvchilari 3.3 bo’limda
ko’rsatilgan. Lekin yuqori jag’ni yallig’lanishi ko’pincha asorat ko’rinishida
kechadi. Bunga misol qilib o’tkir rinit, gripp, qizamiq, skarlatina va boshqa in-
feksion kasalliklar, hamda yallig’langan tishlar (odontogen gaymorit) bo’lishi
mumkin. Yallag’lanishda infeksiya’ni kiradigan darvozalari rinogen, odontogen,
travmatik va gematogen bo’lishi mumkin. Gohida birlamchi yallig’lanish o’chog’i
bo’lib g’alvirsimon bo’shliqning yallig’lanishi hisoblanadi.
O’tkir gaymorit katta ral (seroz) va yiringli bo’ladi. Lekin g’arb davlatlarida
boshqatsha tavsifni taklif qilishgan. Ular o’tkir gaymoritni katta ral noekssudativ,
kattaral ekssudativ, seroz-yiringli, allergik, suyak to’qimasini nekrotik
o’zgarishiga bo’ladi. kattaral shaklida boshliq ichidagi shilliq qavatda giperemiya
va shish kuzatiladi. Qon tomirlar va bezlarda hujayra atrofida infiltrasiya aniqla-
nadi. Bu esa shilliq qavatni qalinlashishiga sabab bo’lsa, u yerda ekssudat
ko’payadi va havo bo’shlig’i kamayadi. U yerda havo aylanish faoliyati buziladi va
“vakuum” shakllanadi, natijada ekssudat yanada ko’payadi.
Shunday qilib, o’tkir gaymoritni kelib chiqishi, avval yuqori jag’ bo’shlig’ini ta-
biiy chiqaruv teshigi torayadi yoki butunlay okklyuziya bo’ladi, natijada bo’shliqni
drenaj faoliyati buziladi va mukasiliar klirens pasayishi natijasida infeksiya
bo’shliqlarda qolib yallig’lanish jarayonini keltirib chiqaradi.
Klinikasi. O’tkir gaymorit mahalliy va umumiy belgilarga bo’lish mumkin.
Mahalliy belgilariga yallig’langan bo’shliq tomonda burun bitishi yoki ikkala bu-
run bitishi, yallig’lanagan bo’shliq tomonda boshning, yuzning yarmiga yoki
chakka qismlarga o’griq har xil irridiasiya va intensivlikda tarqalishi, burundan
yiringli yoki shilliq yiringli ajralmalarni kelishi, hid bilish faoliyati har xil darajada
buzilganligi kiradi. Boshni oldinga egiltirilganda og’riqni kuchayishi yoki og’iqlik
hissini oshishi xarakterli hisoblanadi. Yuqori jag’ bo’shlig’ini oldingi devorini pal-
pasiya qilinganda bemor og’riqni his qiladi. Bo’shliq proeksiyasida va paraorbital
sohada yumshoq toqimalarda shishi va infiltrasiya paydo bo’lishi yiringli gay-
motirdan (orbita flegmonasi, subperiostal hoppo’z) dalolat beradi. Shuni aytib
o’tish kerakki, o’tkir yiringli gaymorit ko’pincha o’tkir yiringli etmoidit bilan birga
kechib, gaymoritning kechishini og’irlashtiradi.
Oldingi rinoskopiyada o’rta burun yo’lida shilliq- yiringli ajralma aniqlanadi va
burun- halqumga oqib turadi. Shuning uchun ham orqa rinoskopiyada va faringos-
kopiyada burun-halqum sohasida va halqumning orqa devorida shilliq- yiringli
ajralma aniqlanadi. Ayrim hollarda tajriba o’tkaziladi, buning uchun o’rta burun
yo’lining barcha qismlariga adrenalin eritmasi surtib chiqiladi. Ma’lum vaqt
o’tgandan keyin boshni oldingi pastga va yon tomonga yallig’langan bo’shliq
tomonga egib o’tiriladi. Agar bo’shliqda yiring bo’ladigan bo’lsa, kengaygan yo’l
orqali yiring ajraladi (P.P. Zabloskiy- Desyatovskiy simptomi). Burun boshlig’i
ko’zdan kechirilganda o’rta burun chig’anog’ini va pastki burun chig’anog’ini
shishganligini va giperemiyasini ko’rish mumkin. Agar ikki tomonlama gaymorit
bo’ladigan bo’lsa hid bilish yo’qoladi.
Umumiy belgilariga tana haroratini subfebril yoki febril darajagacha ko’tarilishi,
umumiy holatini yomon his qilish, ishtaha pastligi, bosh og’riq bezovta qiladi.
Umumiy qon tahlilida yallig’lanishga xos belgilar paydo bo’ladi: formulani chapga
siljishi, yuqori darajada leykositoz, EChT ni yuqori bo’lishi. Kasallikni kechishi 2
haftagacha bormasligi mumkin. Notog’ri davolanish oqibatida kasallik cho’zilishi
va surunkali shaklga o’tishi mumkin.
Tashxis. Kasallikni shikoyatlari, anamnestik ma’lumatlariga asoslanib va obek-
tiv ko’ruvga qarab tashxis qo’yish har doim ham to’g’ri bo’lavermaydi. O’tkir
gaymoritni, etmoidit va frontitdan hamda bo’shliq qay darajada patologik jarayon
ketayotganini aniqlash uchun bir necha xil tekshiruvlar bajariladi.
1.
Endoskopik tekshiruv (1.30 rasm). Hozirgi kuda turlixil endoskoplar ish-
latilib kelinmoqda. Ularni ichida, burun bo’shlig’ini egiluvchan hicham endos-
koplardan foydalaniladi. Har xil burchak ostidagi optik qurulmalari orqali burun
bo’shlig’ini barcha struktual qismlarini ko’rish mumkin.
O’tkir gaymoritda osteomeatal kompleksga baho beriladi, o’rta burun yo’lidan
aniqrog’i gaymor bo’shlig’ini tabiiy chiqaruv teshigidan yiring chiqayotgani
ko’tiladi.
2.
Rentgenologik tekshiruv. Deyarli patologik jarayon qay darajada bo’shliqni
yallig’lantirganligini ko’rib baho berish mumkin. Boshliq yallig’langan bo’lsa tas-
virning tiniqligi o’zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |