www.ziyouz.com kutubxonasi
23
bir-biriga o‘xshab ketadi. Goho taqlid qilish yo‘li bilan o‘zini Zayd qilib ko‘rsatish mumkin
bo‘ladi. Lekin o‘sha narsa eshituvchining xayoliga kelmaydi. Chunki u shubhaga o‘rin
qoldirmadi. Bu firib va taqliddan g‘arazni fahmlamadi.
Uchinchisi - hovliga o‘zingiz kirib, uni ko‘zingiz bilan qarab ko‘rmoqligingizdir. Bu haqiqiy
ma’rifat, shaksiz mushohadadir. Bu muqarrab va siddiqlarning ma’rifatiga o‘xshaydi.
Chunki ular mushohada bilan iymon keltiradilar. Ularning iymoni ichiga avomlar va
mutakallimlarning ham iymonlari kiradi. U ochiq-oydin bir fazilat bilan bulardan ajralib
turadi. Bu fazilat bilan xato imkoni mahol sanaladi.
To‘g‘ri, ular ham ilmlarning miqdori va kashf darajalari bilan bir-birlaridan farqli
bo‘ladilar. Ammo ilmlar darajasining misoli Zaydni hovli sahnida quyosh porlab turgan
vaqtda yaqindan ko‘rish kabidir, ana shunda uni idrok etish mukammal bo‘ladi. Boshqa
kishi Zaydni uy ichida yoki uzoqdan yo kechki paytda ko‘radi. Ana shunda uning uchun
Zayd suratida albatta u Zaydligini shaksiz bildiradigan narsa gavdalanadi. Lekin
suratining nozik va maxfiy joylari unga ko‘rinmaydi. Buning misli ilohiy ishlar
mushohadasining farqliligida tasavvur qilinadi. Ammo ilmlar o‘lchovining misoli shunday:
hovlida Zayd, Amr, Bakr va boshqalar ham ko‘rinadi. Boshqa birov esa Zaydning o‘zini
ko‘radi. O’sha narsani bilish shubhasiz ma’lumotlarning ko‘pligi bilan ziyoda bo‘ladi. Bu
qalbning ilmlar bilan birga bo‘lgandagi holatidir. To‘g‘risini Alloh taolo biluvchiroqdir.
Qalbning aqliy, diniy, dunyoviy va uxroviy ilmlarning qismlariga qo‘shilgandagi holati Yuqorida aytilganidek, albatta qalb o‘zining tabiiyligi (ya’ni, fitriy holati) bilan
ma’lumotlarning haqiqatini qabul qilish uchun tayyor holatda bo‘ladi. Lekin qalbga
tushadigan ilmlar ham aqliy va shar’iyga bo‘linadi. Buning aqliysi zaruriy va kasb qilib
olinadigan narsalardan iborat. Kasb qilib olinadigani ham dunyoviy va uxroviyga
bo‘linadi. Ammo aqliysi, deganda aqlning tabiiyligi taqozo qiladigan, taqlid va eshitish
bilan topilmaydigan narsani e’tiborga olamiz. Zaruriyga bo‘linadigani esa paydo bo‘lgan
zaruriy ilmning qaerdan va qanday hosil bo‘lganini bilolmaydi. Bu ilm insonning bir shaxs
bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘lmasligini yoki yana bir narsa bir paytda ham yangi,
ham eski yoki bir holatning o‘zida ham bor, ham yo‘q bo‘lmasligini bilishiga o‘xshaydi.
Chunki bu shunday ilmki, inson yoshligidan o‘zini mana shu ilmlarni biladigan qilib
yaratilgan holda topadi. Bu ilm qachon va qaerdan hosil bo‘lganini bilmaydi. Ya’ni, buni
bilishiga yaqin biror sababni bilmaydi. Lekin uni yaratgan va unga yo‘l ko‘rsatgan, hatto
kasb qilib qo‘lga kiritiladigan ilmlarga yo‘l ko‘rsatgan albatta Alloh ekanligi hargiz unga
maxfiy bo‘lmaydi.
Kasb qilib olinadigan ilmlar ta’lim olish va dalillar bilan istifoda qilinadigan ilmlardir. Bu
ikki xil ilm ham albatta aql, deb nomlanadi. Ali roziyallohu anhu aytganlar: «Aqlni ikkita
aql deb ko‘rdim, biri - tabiiy va ikkinchisi - eshitish orqali bo‘lgani. Agar eshitish orqali
hosil bo‘lgan aql bo‘lsa-yu, tabiiyi bo‘lmasa, uning foydasi yo‘qdir, go‘yo quyosh bo‘lsa-
yu, ko‘zning nuri bo‘lmasa, foydasi bo‘lmaganidek». Avvalgisidan (ya’ni, tabiiyidan)
murod Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ali roziyallohu anhuga aytgan
hadislaridagi ma’nodir. Ya’ni, «Alloh taolo aqldan ko‘ra O’ziga mukarram bo‘lgan biron
bir maxluq yaratmadi» (Imom Termiziy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Ikkinchisidan
(ya’ni, eshitish orqali hosil bo‘lgan aqldan) murod Ali roziyallohu anhuga aytgan mana
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy