Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
toatlardan va har bir a’zolarning amallaridan maqsad qalbni soflash, poklash hamda 
unga jilo berishdir. Qalbini poklagan kimsa albatta najot topadi. 
Qalbni poklashdan murod esa unda iymon nurlarining hosil bo‘lishi, ya’ni ma’rifat 
nurining jilolanishidir. Alloh taolo aytadi: 
«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib 
qo‘yar» (An’om surasi, 125-oyat). 
«Axir Alloh ko‘ksini Islom uchun keng qilib qo‘ygan, bas, o‘zi Parvardigori 
tomonidan bir nur - hidoyat ustida bo‘lgan kishi (kufr zulmatlarida adashib-
uloqib yurgan kimsa bilan barobar bo‘lurmi)?!» (Zumar surasi, 22-oyat). 
Bu ravshanlik va iymon uchun uchta martaba bordir: 
Avvalgi martaba - avom xalqning iymoni va u toza taqlidiy iymondir. Ikkinchisi - 
mutakallimlarning iymoni va dalil izlovchilarga xosdir, uning darajasi esa avomning 
iymon darajasiga yaqindir. Uchinchisi - oriflarning iymoni va u chinakam ishonch nuri 
bilan mushohada qilingan, bu martabalarni esa sizga misol bilan bayon qilamiz. 
Albatta siz, masalan, Zaydning hovlida ekanini tasdiqlashingizda uchta daraja bor: 
avvalgisi - rostgo‘yligi sinab ko‘rilgan, yolg‘on gapirgani bilinmagan, gapidan 
shubhalanilmagan kishingizning xabar berishi. Chunki qalbingiz eshitishning o‘zi bilan 
taskin topib, xotirjam bo‘ladi. Bu taqlidning o‘zi bilan hosil bo‘lgan iymondir, u esa 
avomlarning iymoniga o‘xshashdir, chunki ular tamiz yoshiga (yaxshi-yomonni ajrata 
oladigan yoshga) yetganlarida ota-onalaridan Alloh taoloning borligini, Uning ilmi 
irodasini, qudratini va boshqa sifatlarini hamda payg‘ambarlarning yuborilganini, ularni 
o‘zlari va keltirgan narsalari rost ekanligini eshitishadi. Uni eshitganlaridek qabul qilib, 
unda sobit turishadi va bundan ko‘ngillari ham to‘ladi. Ular ota-onalariga, muallimlariga 
yaxshi gumonda bo‘lganlari uchun ular aytgan narsalarning xilofi xayollariga ham 
kelmaydi. Bu iymon oxiratda najot topish uchun sabab bo‘lib, uning ahli o‘ng qo‘l 
ashoblari (nomai a’mollari o‘ng tomondan beriladigan kishilar) martabalarining 
avvallarida bo‘lsalar-da, lekin muqarrab (ya’ni, Allohga yaqin bandalardan) 
bo‘lolmaydilar. Chunki bunda kashf, idroklilik, chinakam ishonch nuri bilan qalbning 
ochilishi yo‘q. Zero, xato ayrim kishilardan eshitilgan narsalarda, balki e’tiqodga taalluqli 
narsalarda, ko‘pchilikdan eshitilgan narsalarda ham bo‘lishi mumkin. Yahudiy va 
nasorolar ham ota-onalaridan eshitgan narsalarga e’tiqoddan xotirjam bo‘lib, ko‘ngillari 
to‘ladi. Lekin eshitgan va ishongan narsalari xato bo‘lgani holda e’tiqod qiladilar. Chunki 
ularga xato tashlandi. Musulmonlar esa Haqqa e’tiqod qildilar, Undan xabardor 
bo‘lganliklari uchun emas, balki ularning qalblariga Haq kalimasi tashlab qo‘yildi. 
Ikkinchisi - hovli ichidan Zaydning gapini va ovozini eshitmog‘ingiz, lekin bu devor 
ortidadir. Bundan siz Zaydning hovlida ekaniga dalil sifatida foydalanasiz. Natijada 
Zaydning hovlida ekaniga bo‘lgan iymon va ishonchingiz, uni tasdiqlashingiz eshitishning 
o‘zi bilan tasdiqlashingizdan ko‘ra kuchliroq. Chunki sizga Zayd hovlida, deyilganidan 
keyin uning ovozini eshitsangiz, ishonchingiz yanada ziyodalashadi. Chunki ovozlar 
suratni mushohada qilish holida eshitgan kishining nazdida shakl va suratga dalolat 
qiladi. Qalb bu albatta o‘sha shaxsning ovozi, deb hukm qiladi, bu esa dalil bilan 
qorishgan iymondir. Xato yana unga yo‘l olgan bo‘lishi mumkin. Zero, ovozlar gohida 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin