www.ziyouz.com kutubxonasi
24
bu hadisdagi ma’nodir. Ya’ni, «Agar insonlar Alloh taologa har xil yaxshiliklar bilan
yaqinlashadigan bo‘lsalar, bas, sen aqling bilan yaqinlashgin» (Abu Naim zaif sanad bilan
rivoyat qilgan). Zero, tabiiy aql hamda zaruriy ilmlar bilan Allohga yaqinlashmoq
mumkin bo‘lmaydi, balki o‘rganib qo‘lga kiritilgan aql bilan yaqinlashiladi.
Olamlarning Robbiga yaqin bo‘lmoq darajasiga yetmoqlikka sabab bo‘ladigan ilmlarni
talab qilishda aqlni ishlatish bilan yaqinlikka qodir bo‘lishga Ali roziyallohu anhuga
o‘xshagan kishilargina erisha oladi. Endi qalb ko‘z o‘rnida va qalbdagi tabiiy aql esa
ko‘zdagi ko‘rish quvvati o‘rnida yuritiladi.
Ko‘rish quvvati ko‘r kishida bo‘lmaydigan va ko‘zi ochiq kishilarda ko‘zini yumib olsa ham
yoki qorong‘ulik tushib qolsa ham, topiladigan nozik bir narsadir. Qalbda hosil bo‘lgan
ilm esa ko‘zdagi ko‘rishni idrok eta olish quvvati va narsalarning o‘zini (ya’ni, alohida
holda) ko‘ra bilishdir. Ilmlarning aql ko‘zidan go‘daklik vaqtidan narsalarni ajrata
oladigan yoshga yetguncha yoki balog‘at yoshiga yetguncha taxir bo‘lib turishi go‘yo
quyosh chiqib, nurlarini ko‘riladigan narsalarga to‘kkuncha ko‘zlardan ko‘rish taxir bo‘lib
turishiga o‘xshaydi. Alloh taolo qalblarning yuzasiga u bilan ilmlar yozadigan qalam
quyosh gardishi o‘rnida yuritiladi. Go‘dakning qalbida u narsalarni ajrata oladigan
yoshga yetguncha ilm hosil bo‘lmasligi sababi qalbining sezgisi hali ilmni qabul qilish
uchun tayyor emasligidadir. Qalam Alloh taoloning maxluqlaridan biridir. Alloh taolo uni
insonlar qalbiga ilmlar naqshini tushirish uchun sabab qilib yaratgan, Alloh taolo
quyidagi oyatda aytadiki:
«O’qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni, yozishni - xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi» (Alaq surasi, 3-5-oyatlar)
Alloh taoloning qalami maxluqining qalamiga o‘xshamaydi, go‘yo Uning sifati
maxluqlarining sifatiga o‘xshamaganidek. Alloh taoloning qalami qamishdan yoki
yog‘ochdan emas, go‘yo Alloh taolo javhardan ham, tasodifiy narsalardan ham
bo‘lmaganidek. Mana shu ko‘rinishga binoan botiniy ko‘rish (ya’ni, qalb ko‘zi bilan
ko‘rish) va zohiriy ko‘rishni bir xil, deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin sharaf borasida o‘rtalarida
munosiblik yo‘q. Chunki botiniy ko‘rish idrok etuvchi latif nafsning o‘zidir va u go‘yo bir
chavandozga, badan esa otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘r bo‘lishi otining ko‘zi ko‘r
bo‘lishidan zararliroqdir. Balki ikki zararning birida ikkinchisiga munosabat yo‘q. Botiniy
ko‘rish bilan zohiriy ko‘rish bir xil bo‘lgani uchun Alloh taolo quyidagi oyatda qalbni
ko‘rish sifatida nomladi: