Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Qalb askarlarining bayoni haqida



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

 
Qalb askarlarining bayoni haqida 
Alloh taolo aytadi: 
«Parvardigoringizning askarlarini faqat Uning O’zigina bilur» (Muddassir surasi, 
31-oyat). 
Robbimiz Alloh subhanahu va taolo uchun qalblar, ruhlar va olamlardan iborat narsalar 
ichida shundayin askarlari borki, uning haqiqati, adadi va tafsilotlarini faqat Alloh 
taoloning O’zi biladi. Biz hozir qalb askarlarining ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz. Ana shu 
narsa mavzuimizga taalluqlidir. 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
Qalbning ikki askari bor. Bir askarini ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladi. Yana bir askarini faqat qalb 
ko‘zi orqali ko‘riladi, u farishta hukmidadir. Ko‘riladigan askarlari esa xizmatkor va 
yordamchi hukmidadirlar. Qalbning ko‘z bilan ko‘riladigan askari - qo‘l, oyoq, ko‘z, 
quloq, til hamda boshqa zohiriy va botiniy a’zolardir. Ularning hammasi qalb uchun 
xizmatkor bo‘lib, unga bo‘ysundirilgan. Qalb a’zolarining tasarruf qiluvchisi va ular uchun 
beqaror narsadir.
Darhaqiqat, a’zolar unga itoat qiladigan holatda yaratilgan. A’zolar qalbga qarshi 
chiqishga, unga osiylik qilishga qodir emaslar. Agar ko‘zga ochilish uchun buyruq berilsa
ochiladi. Agar oyoqqa harakatlanishga amr berilsa, harakatlanadi. Agar tilga gapirishga 
qat’iy buyruq berilsa, gapiradi. Boshqa a’zolar ham shunday. A’zolar va ularning sezish 
qobiliyatlarining qalbga bo‘ysundirilishi farishtalarning Alloh taologa bo‘ysunishi 
ko‘rinishiga o‘xshaydi. Chunki farishtalar itoat qilish uchun yaratilgandirlar. Ularga nima 
buyurilsa, qilishadi. Buyurilgan amrlarga hargiz itoatsizlik qilishmaydi. Ular bir narsada 
ajrab turishadi, u ham bo‘lsa, farishtalar itoat qilish va bo‘ysunishni albatta his etib 
turishadi. Qovoqlar ochilib-yopilishda qalbga bo‘ysundirish yo‘liga binoan itoat qiladi. 
Uning o‘zidan ham, qalbga itoat qilishidan ham xabari yo‘q. Qalb safarga chiqish uchun 
go‘yo ot va ulovga muhtoj bo‘linganidek, askarlarga, ya’ni a’zolarga muhtoj bo‘ladi. U 
oddiy safar emas, balki qalb ana shu safar uchun yaratilgandir. U Alloh subhanahu va 
taologa bo‘lgan safardir. Unga yo‘liqish uchun butun manzillarni bosib o‘tish kerak. 
Qalblar ana shu sababdan yaratilgan. Alloh taolo aytadi: 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin