Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
ko‘z, quloq, burun va boshqalardir. Bularga muhtoj bo‘lish va ulardagi hikmat 
yo‘llarining tafsilotini bayon etadigan bo‘lsak, bu uzayib ketadi. Ko‘p jildli kitoblar ham 
ularni qamrab ololmaydi. «Shukr kitobi»da bular tafsilotining kichik bir qismiga ishora 
qilganmiz. 
Qalb askarlarining hammasi uch xil sinfga bo‘linadi. Birinchisi -chorlovchi va tezlovchi, 
ya’ni shahvatga o‘xshash xohishga muvofiq keladigan foydalarni jalb qiladigan yoki 
g‘azabga o‘xshash qarshi chiquvchi zararlarni daf etadigan sinfdir. Goho bu chorlovchi 
narsa iroda, deb yuritiladi. 
Ikkinchi sinf - mana shu maqsadlarni hosil qilish uchun a’zolarni harakatga keltiruvchi 
bo‘lib, u kuch-qudrat, deb yuritiladi. U boshqa a’zolarga tarqatilgan askarlardir, xususan, 
a’zolarning paylari va tomirlaridir. Uchinchi sinf - go‘yo josuslarga o‘xshab narsalarni 
tanuvchi va idrok etuvchi ko‘rish, eshitish, hidlash, tatish va ushlash quvvatlaridir. U 
muayyan a’zolargagina tarqatilgan. Bular ilm-idrok, deb yuritiladi. Bu botiniy 
askarlarning har biri bilan zohiriy askarlar ham bor. Ular yog‘, go‘sht, pay, qon va 
suyaklardan tarkib topgan a’zolardir. Bular esa botiniy askarlar uchun asbob sifatida 
tayyorlangan. Chunki ushlash quvvati barmoqlar bilan va ko‘rish quvvati ko‘z bilan 
bo‘ladi. Boshqa quvvatlar ham shundaydir. 
Biz zohiriy qo‘shinlar, ya’ni a’zolar to‘g‘risida gapirmoqchi emasmiz, negaki, ular mulk va 
shahodat olamidandir. Balki ko‘zga ko‘rinmas qo‘shin bilan quvvatlantirilgan narsalar 
haqida gapirmoqchimiz. Bu uchinchi sinf, ya’ni bular ichidan idrok etuvchisi ikki qismga 
bo‘linadi: birinchisi - zohiriy manzillarga o‘rnashganlari, ya’ni eshitish, ko‘rish, hidlash, 
tatish va ushlashlardan iborat sezgi a’zolari. Ikkinchisi - botiniy manzillarga 
o‘rnashganlari. Botiniy manzillar miya bo‘shliqlaridir. U ham beshtadir. Chunki inson bir 
narsani ko‘rgandan keyin ko‘zini yumib, uning suratini albatta o‘z nafsida idrok etadi va 
bu xayol, deyiladi. So‘ngra bir narsa sabab bo‘lib, o‘sha surat u bilan birga qoladi. Uni 
yodlab oladi, u yodlovchi askardir. So‘ngra yodlagan narsalari to‘g‘risida fikr qiladi. 
Ba’zisini ba’zisiga qo‘shadi, keyin unutgan narsalarini eslaydi va unutganlari esiga keladi. 
His etilgan narsalar bilan mushtarak hissiyot xayolida his etilgan narsalar ma’nolarining 
hammasini jamlaydi. Botinda, ya’ni ichki olamda mushtarak hissiyot, xayolot, fikrlash
eslash va yodlash qobiliyatlari bor. Agar Alloh taolo yodlash, fikrlash, eslash va xayol 
surish quvvatlarini yaratmaganida, albatta qo‘l-oyoqlar ulardan xoli bo‘lganidek, dimog‘ 
ham ulardan xoli bo‘lar edi. Ana shu quvvatlarning o‘zlari ham botiniy askarlardir. 
Ularning makonlari ham botiniydir. Mana shular qalb askarlarining qismlaridir. Bularni 
tushunishga kuchlari yetmaydigan kishilarga tushuntirish darajasida sharhlash juda 
cho‘zilib ketadi. Ushbuga o‘xshash kitoblar undan zakovatli kishilar va yetuk 
ulamolarning foydalanishlari uchun ta’lif etiladi. Lekin zaiflarga ham tushuntirish 
maqsadida ularning fahmlariga yaqin bo‘lishi uchun misollar keltirishga harakat qilamiz. 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin