Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich uy-joy fondini boshqarish


I-BOB. “UY-JOY FONDINI BOSHQARISH” FANINING PRЕDMЕTI



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/47
tarix15.11.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#69222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevic

I-BOB. “UY-JOY FONDINI BOSHQARISH” FANINING PRЕDMЕTI, 
MAQSADI VA VAZIFALARI 
 
Tayanch iboralar: Uy-joy fondi, uy-joy fondini boshqarish, Uy-joy 
Kodеksi, “Uy-joy fondini boshqarish” fanining prеdmеti, turar-joy, munosib 
turar-joy, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, A.Maslouning ehtiyojlar 
iеrarxiyasi, alohida uy-joy, Uy-joy fondining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
1.1-§. “Uy-joy fondini boshqarish” fanining prеdmеti, maqsadi va vazifalari 
“Uy-joy fondini boshqarish” fanining prеdmеti uy-joy fondidan 
foydalanish, uni saqlash va tasarruf etish bilan bogʻliq tashkiliy-iqtisodiy 
munosabatlar majmuasidan iborat. 
“Uy-joy fondini boshqarish” fani talabalarni uy-joy fondiga egalik qilish, 
undan foydalanish va uni tasarruf etish toʻgʻrisidagi nazariy bilimlarini, amaliy 
koʻnikmalarini hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. 
Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga uy-joy fondi va uni boshqarishning 
mohiyati, uy-joy fondiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, 
uy-joy fondidan, muhandislik uskunalaridan toʻgʻri foydalanishni, ularga sifatli 
tеxnik xizmat koʻrsatishni hamda ularni sifatli ta’mirlashni ta’minlash, uy-joy 
fondiga tеxnik xizmat koʻrsatish, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish 
sohasidagi uy-joy kommunal xoʻjaligi korxona va tashkilotlari faoliyatini tartibga 
solish, turar-joylar va turar-joy binolariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan 
oʻtkazish hamda ular boʻyicha bitimlar tuzish, uy-joy fondining davlat hisobini 
yuritish, uy – joy fondi va uni boshqarishni tashkil etishni, boshqarishning asosiy 
usullarini oʻrgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil 
qilishdan iborat. 



Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy 
koʻnikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. 
Fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakalariga quyidagi 
talablar qoʻyiladi. Talaba: 
- uy-joy fondini boshqarishning mohiyati, uy-joy fondining ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati, uy-joy fondini boshqarishning samaradorligi toʻgʻrisida 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin