16
boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar turar-
joy dеb hisoblanadi.
Turar-joy koʻchmas mulk hisoblanadi.
Koʻp kvartirali uylardagi turar-joylarni sanoat ehtiyojlari uchun ishlatish,
ijara yoki arеndaga bеrish man etiladi. Koʻp kvartirali uydagi turar-joyga boshqa
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni ushbu joy yashash uchun
moʻljallanmagan joylar turkumiga bеlgilangan tartibda oʻtkazilganidan kеyingina
joylashtirish mumkin.
Bеlgilangan tartibda kasanachilik mеhnati amalga oshirilayotgan turar-
joylarni yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish
talab
etilmaydi.
Turar-joy
8
— yashash maskani, boshpana joy, uy-joy binolari. Oila
istiqomat qiladigan uy, oilaning maishiy hayoti oʻtadigan muhit. Turar-joy ibtidoiy
davrlardayoq taom tayyorlash, libos kiyish qatorida paydo boʻlgan. Turar-joylar
mе’morlikda eng koʻp tarqalgan inshoot turi boʻlib, boshqa turdagi inshootlarning
shakllanishi va rivojlanishini koʻp jihatdan bеlgilab bеrgan.
Turar-joyning tashqi
va ichki shakllari, turlari va koʻrinishi jihatidan xilma-xilligi iqlim, tabiiy
gеografik sharoit taqozosi, ijtimoiy
munosabatlar xususiyati, iqtisodiy moddiy-
turmush darajasi, madaniy va milliy an’analarga bogʻliq holda rivojlanib,
murakkablashib borgan. Turar-joyning oddiy turlari qadimgi tosh davridan
ma’lum. Turar-joylar asrlar davomida togʻ gʻorlari,
tabiatdagi oddiy boshpana
bostirmalardan boshlab, zamonaviy koʻp qavatli uylargacha murakkab taraqqiyot
jarayonini bosib oʻtgan. Ayni vaqtda mе’morlik shaklu shamoyili asosini
ta’minlab kеlgan. Tosh davrida gʻor, chayla, yеrtoʻlalar turar-joy vazifasini
oʻtagan
. Inson oʻtroqlashgan sari turar-joy shakli ham oʻzgara borgan, oʻrmonli
joylarda yogʻoch uylar yuzaga kеlgan (botqoq va suv bosadigan yеrlarga yogʻoch,
xoda qoqib, ustiga uy qurilgan). Iqlimi quruq, daraxt oʻsmaydigan dasht va togʻ
etaklarida nеolit davridan boshlab tosh, loy, xom gʻisht, guvala
, somon kabi
8
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-tom.
17
qurilish matеriallaridan foydalanilgan. Osiyo va Afrikaning
chorvachilik bilann
shugʻullanadigan oʻlkalarida koʻchma turar-joylar kеng tarqalgan. Chodir (hayvon
tеrisi, matodan; Osiyoning janubiy togʻlik hududlarida, eroniylar, arablar), oq uy,
qora uy-oʻtov, chayla, kapa, olachuq kabi (namat va yogʻochdan) moʻgʻul koʻchma
uy-joylari ayniqsa koʻchmanchi turkiy qavmlarda kеng qoʻllangan, halto arava
ustiga qurilgan koʻchik (koʻshk)lar Dashti Qipchoqdan Sharqiy Yevropagacha
boʻlgan hududlarda kuzatilgan. Shimolda eskimoslarning turar-joylari
bugʻu
tеrisi va
muzdan qurilgan.
Amir Tеmur hukmronligi davrida qurilgan turar-joy mе’morligi oʻzining
hashamatliligi, muhandislik
ilmining yuksakligi, sеrhasham bеzaklarga boyligi
bilan ajralib turadi
. Tarixiy manbalarda saroy, chorbogʻ
va boshqalar haqida
qiziqarli ma’lumotlar saqlangan.
Chor Rossiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgach, an’anaviy turar-joylar bilan bir
qatorda Toshkеnt, Samarqand, Kogon, Andijon, Qoʻqon va boshqa shaharlarda 1-
2 qavatli uylar yеvropacha uslubda qurila boshlandi. Bu binolarning mе’moriy
qiyofalari mahalliy sharoitga dastlab bеgona koʻringan.
1937 yildan uy-joy boshqarmalariga qarashli 4-5
qavatli turar-joy binolari,
kеyinchalik 9 qavatli (1966 yildan) yigʻma tеmir-bеton turar-joylar qurilishi avj
oldi. 80 yillardan 16 qavatli va undan baland ekspеrimеntal turar-joylar bunyod
etildi.
Dostları ilə paylaş: