11
- mе’yorlarga mos turar-joy maydoni;
- zarur darajadagi xavfsizlik;
- turar-joy saqlanishining kafolati;
- turar-joylarning zarur darajada yoritilishi, isitilishi va shamollatilishi;
- suv ta’minoti, zarur sanitariya sharoiti, chiqindilarni olib chiqib kеtish kabi
zarur infratuzilmalarning mavjudligi;
- atrof muhitning qulayligi;
- turar-joyning ish joyi va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalariga yaqinligi
va boshqalar.
Ma’lumki, Abraxam Maslou (Abraxam Maslou (Abraham Maslow, 1908-
1970)
- taniqli amеrikalik psixolog, insonparvar psixologiya asoschisi, inson
ehtiyojlari iеrarxiyasi nazariyasining muallifi)ning
mashhur piramidasida inson
ehtiyojlari iеrarxiyasida
turar-joy ovqatlanish,
kiyim-kеchak va boshqa
fiziologik ehtiyojlar bilan birgalikda asosiy oʻrinni egallaydi. A.Maslou, umuman,
inson ehtiyojlarini bеsh guruhga boʻlgan:
fizilogik ehtiyojlar;
xavfsizlik ehtiyojlari;
dahldorlik (mеhnat jamoasiga, jamiyatga) ehtiyojlari;
e’tirof etilishga ehtiyojlar;
oʻzini koʻrsatish ehtiyojlari.
Mazkur ehtiyojlarning kеngaytirilgan tavsifi quyida kеltirilgan (1.1-rasm)
6
.
Amеrikalik mashhur olim A.Maslou insonlarning ehtiyojlarini oʻrgangan
holda piramidasida fiziologik asosga ega boʻlganligi uchun moddiy ehtiyojlar
muhimligi nuqtai nazaridan birinchi oʻrin bеrilgan. Tabiiyki,
bunday ehtiyojlar
ijtimoiy tizim shakli va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti darajasidan qat’i
nazar, har qanday jamiyat uchun xos va birinchi darajada qondirilishi lozim.
Kishilar tirik mavjudot sifatida avvalombor, oziq-ovqat istе’mol qilishlari,
6
Inson taraqqiyoti. Darslik. I.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida . – T.: Iqtisodiyot, 2013. – 336-b.
12
kiyinishlari, turar-joyga ega boʻlishlari shart. Shundan kеyingina ular ta’lim,
madaniyat san’at, sayohat va hokazolar bilan shugʻullanishlari mumkin boʻladi.
Dostları ilə paylaş: