«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

MASHG‘ULOTNING MAQSADI: Ijtimoiy psixologiya fanining vujudga kelishi
predmeti, vazifasi, metodlarini o‘rganish 
 KIRISH: 
 
Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko‘p jixatdan 
ana shu insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga 
oshiradigan murakkab ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Har bir inson 
jamiyatda yashar ekan, u unda o‘ziga xos o‘rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, shuning 
uchun u o‘ziga xos intilish, layoqat va faollik namunalarini namoyish etadi. Insonlar o‘rtasidaga 
o‘zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagn o‘rni va uning turlicha ijtimoiy 
munosabatlari tabiatini o‘rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo‘lib, ularning orasida 
ijtimoiy psixologiya alohida o‘rin zgallaydi. 


Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u o‘ta navqiron fandir. Uning 
qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. 
Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy 
munosabatlarning va tafakkurning xosilasi ekanligi bilan e’tirof etilsa, u - o‘z uslubiyoti, 
predmeti va fanlar tizimida tutgan o‘rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi 
davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy 
psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so‘z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 
1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V. Makdugall o‘zining "Ijtimoiy 
psixologiyaga kirish" kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa "Ijtimoiy psixologiya", deb 
nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta alohida fan - ijtimoiy 
psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga ta’rif berildi. Ikkala muallif ham - 
biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog bo‘lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy 
taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uyg‘unlikda o‘rganishdir, degan umumiy 
xulosaga kelishgan.

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin