149
Ulug‘bek rasad xona qo shida zamonasining boy
kutub xonasini
ham tashkil etadi. Bu kutubxonada fanning deyarli hamma
sohalariga tegishli qariyb o‘n besh ming jild kitob saqlangan.
Ulug‘bekning faol ishtiroki bilan Ulug‘bek rasadxonasi
o‘sha zamon sharoitida mukammal astronomik asbob va
uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi.
Rasadxonada Ulug‘bek bilan birga mashhur matematik va
astronomlardan
“Aflotuni zamon” deb
nom olgan Qozizoda
Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy,
“o‘z davrining
Ptolomeyi” nomi bilan shuhrat qozongan
Ali Qushchi va
ko‘pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib
boradilar. Xullas, Ulug‘bek Samarqandda butun
bir astronomiya
maktabini yaratdi.
Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli
1018 ta qo‘zg‘almas (turg‘un) yulduzlarning o‘rni va holati
aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi. Rasadxonada
olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida
matematika va
astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.
Ulug‘bekning shoh asari
“Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (Ko‘ra-
goniyning yangi astronomik jadvali) nomli kitobidir.
“Ziji
jadidi Ko‘ragoniy” asosan ikki qismdan:
keng muqaddima
va 1018 ta qo‘zg‘almas yulduzlarning o‘rni va holati aniqlab
berilgan jadvallardan iborat. Ulug‘bekning astronomik jadvali
o‘sha zamondagi shunga o‘xshash jadvallar orasida yuksak
darajada aniqligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, Ulug‘bekning
yil hisobini hozirgi hisob-kitoblarga solishtirgudek bo‘lsak, u
bor-yo‘g‘i bir minut-u ikki sekundga farq qiladi. Bu XV asr
uchun g‘oyat yuksak aniqlik bo‘lib, hozirgi zamon o‘lchovlariga
juda yaqindir.
Dostları ilə paylaş: