108
Naqqoshlik, o‘ymakorlik va xat tot lik.
IX–XII asr bosh-
larida me’
morchilik bilan birga
naqqoshlik va
o‘ymakorlik
san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratning peshtoqi,
eshigi
va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan
qoplanar edi.
Bu davrda
xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqal-
gan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi,
qo‘lyozma kitoblarning nusxalari faqat qo‘lda ko‘chirilishi
tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Turli
uslubda husnixat
bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham
hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: