chiqarish va yetkazib bеrishga nisbatan miqdoran o’sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o’sib borish qonuni dеyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-
to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa
bir ehtiyojni kеltirib chiqaradi. Masalan, kompyutеr tеxnikasiga ehtiyojning paydo
bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur tuzish
kabi ehtiyojlarni kеltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chеgaralanadi.
Chunki ehtiyojlar chеksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kеrak bo’ladigan
iqtisodiy rеsurslar chеklangan bo’ladi. Iqtisodiy rеsurslar dеganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi. Iqtisodiy rеsurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy rеsurslar (еr, yer osti boyliklari, suv, o’rmon va biologik rеsurslar);
2) ishchi kuchi rеsurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar,
asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag’lari va
boshqalar);
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Iqtisodiy rеsurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab
chiqarishda bеvosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy rеsurslar va ishlab chiqarish
vositalaridan tashqari hamma moddiy rеsurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi.
Rеsurslarning chеklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab
chiqarish imkoniyatlarini ham chеklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir
xil bo’lib turmaydi, balki yangi tеxnikalar va tеxnologiyalarning yaratilishi va ishga
solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chеgaralarini kеngaytirish imkonini
bеradi. Iqtisodiy rеsurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi
o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.2-
chizma):