420. ”Meros” qissasi qahramonlari kimlar? Qissaning bosh qahramoni Yolqin Otajonov – fidoyi paxtakor, ukasi Tursun
onasi, shuningdek, Rustam, O’ktam, Jobir Toshbekov,.. Yolqin Mirzacho’lni
o’zlashtirishda jonbozlik ko’rsatadi.
421. Yozuvchining “Uch ildiz” romani nima haqida bahs yuritadi? Pirimqul Qodirovning “Uch ildiz” romani oliy maktab talabalari hayotiga
bag’ishlangan birinchi katta nasriy asardir. Shaxsga sig’inish davri ta’sirida 50-
yillarda oily o’quv yurtlarida ildiz otgan tarafkashlik, mansabparastlik,
soxtalikdabdababozlik – “qizil so’zlik”, haqiqatdan ko’z yumib, rostgo’y olimlarni
beobro’qilish singari illatlarni fosh etish, ilm fidiyilari bilan soxta “olim”lar
o’rtasidagi ziddiyatni ochib berish, adolatli, haqgo’y ziyolilarni iste’dodli tolibi
ilmlarni qo’llab-quvvatlash – romanning asosini egallaydi.
422. Mahkam obraziga xos xususiyatlar nimalardan iborat ? Samimiylik, e’tiqodga sadoqat, ilm olishga qiziqish, vafodorlik va rostgo’y-
lik, qiyinchiliklarda qo’rqmaslik “Uch ildiz” romanidagi bosh qahramon Mahkam
qiyofasida mujassam. U adolatsizlikni, xiyonatni kechirmaydi. Mahkam kurashlar
jarayonida o’sib, toblanib, yosh avlodning yorqin vakili sifatida shakllana boradi.
423. Yozuvchi asarni nima uchun “uch ildiz” deb ataydi? Yozuvchi asarda talabalik davrida yoshlarda shakllanadigan ezguliklar va
fazilatlari haqida bahs yuritar ekan
,
mustahkam bilim olishni, faol fuqarolik
malakasini kasb etishni va sevgi-sadoqatda sobit turishni inson hayotining uch
ildizi deb ataydi
.
424. Pirimqul Qodirovning chorvadorlar hayotidan hikoya qiluvchi asari qaysi? Sermahsul adib Pirimqul Qodirovning “Qora ko’zlar” (1965) romani
yozuvchi ijodida olg’a tashlangan qadam, o’zbek romanchiligida muhim hodisa
bo’ldi. Unda chorvadorlar hayoti, qishloq va unda yashayotgan odamlarga doir
muammolar Ismat bobo, Xolbek, Hulkar kabi obrazlar faoliyati vositasida
yoritilgan. Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo’shjonov haqli ravishda “Qora
ko’zlar”ni “ona asar” deb ataydi. Chindan ham, yozuvchi Pirimqul Qodirovning
keying ko’p asarlari shu romandan o’sib chiqqan. Mazkur romanga xos realistik
tamoyillar keying asarlarida izchil davom ettirildi, yanada chuqurlashdi.