“Uch ildiz” romani 50-yillar o’rtalaridagi muhim tarixiy jarayonlarning
qaynoq izidan borib yozilgan, o’zbek adabiyotida, balki ko’pmillatli sho’ro
adabiyotida shaxsga sig’inishning noxush oqibatlarini aks ettirgan dastlabki yirik
asardir. Shaxsga sig’inish muhitida yetishgan, aqidaparastlik hamda bulgar
sotsiologizm g’oyalari bilan zaharlangan, safsatabozlikni o’zlariga qurol qilib
olgan, shular vositasida mansab-martabalarga, ilmiy darajalarga ko’tarilgan, xolis,
iste’dodli, haqiqiy fan zahmatkashlarini yo’ldan olib tashlashga erishgan
kimsalarning asl qiyofasini fosh etish, o’shanday kimsalarga qarshi turgan yangi
fikrli kishilar kurashini ko’rsatish romanning asosiy g’oyaviy-badiiy mundarijasini
tashkil qiladi.
“Uch ildiz” romani voqealari bir oily o’quv yurtida bo’lib o’tadi, asardagi
qahramonlar ziyolilar – professor-o’qituvchilar, aspirantlar va talabalar bo’lib,
undagi mojarolar esa asosan mafkuraviy kurash tevaragida ketadi.
Romanda
yoshlarning ishq-muhabbati, sevgidagi adashishlar, yangicha va eskicha qarashlar,
o’quv-tarbiya masalalari bilan bog’liq mojarolar ham qalamga olinadi, biroq ular
ham har xil yo’llar bilan bosh masalaga – mafkuraviy kurashlarga borib ulanadi.
415. “Uch ildiz” romanining asosiy g’oyasi nimada deb o’ylaysiz?
Pirimqul Qodirovning “Uch ildiz” romani oliy maktab talabalari hayotiga
bag’ishlangan birinchi katta nasriy asardir. Shaxsga sig’inish davri ta’sirida 50-
yillarda oily o’quv yurtlarida ildiz otgan tarafkashlik, mansabparastlik,
soxtalikdabdababozlik – “qizil so’zlik”, haqiqatdan ko’z yumib, rostgo’y olimlarni
beobro’qilish singari illatlarni fosh etish, ilm fidiyilari bilan soxta “olim”lar
o’rtasidagi ziddiyatni ochib berish, adolatli, haqgo’y ziyolilarni iste’dodli tolibi
ilmlarni qo’llab-quvvatlash – romanning asosini egallaydi.
Dostları ilə paylaş: