Pirimqul Qodirovning “Qadrim” qissasida zamonaviy mavzu yoritilgan. Unda
o’zbek adabiyoti uchun yangi mavzu – gazchilar hayoti va mehnati qalamga
olingan. Asarning bosh qahramoni Iskandar bo’lib, dunyoqarashining
shakllanishi, uning o’z qadr-qimmatini tushuna borishi, hayotdan o’rnini topib
olishi jarayonini tasvirlashga e’tibor berilgan va bu masala muvaffaqiyatli ravishda
yoritilgan. Qissadagi voqealar ham Iskandar tilidan hikoya qilinadi.
419. ”Meros” qissasi nima haqida?
Pirimqul Qodirovning “Meros” qissasi mashhur paxtakor Mamajon
Dadajonovning porloq xotirasiga bag’ishlangan. Asarda paxtakorlar hayoti,
ularning mashaqqatli mehnati haqqoniy va to’laqonli aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: