ildizi bitta – poraxo’rlik, tekinxo’rlik, mehnat qilmay boylik orttirish va maishatda
yashash istagi. Bu illat tufayli haqgo’y, odil va oqil kishilarning oyoqosti bo’lishi
hech gap emas. Halollik, adolat, poklik oyoqosti bo’lgan jamiyatda esa ma’naviy
tanazzul boshlanadi. Ma’naviy tanazzul esa jamiyat tanazzulining bosh belgisidir.
180. Abdulla Qahhorning “Ayajonlarim” komediyasi problematikasi haqida
nimalar deya olasiz?
Abdulla Qahhorning “Ayajonlarim” asari lirik komediya janrida yozilgan.
Unda yoshlar va kattalar, farzandlar va ota-onalar hamda
yoshlarning muhabbati
o’rtasidagi munosabatlar haqida hikoya qilinadi. Bu komediyada ham Abdulla
Qahhor iste’dodining yangi qirralari ochiladi. Eng muhimi shundaki, asar g’oyatda
hayotiy masala asosiga qurilgan bo’lib, teran bir samimiyat bilan sug’orilgan. Bu
samimiyat asardagi yumorning boyligi, milliy kolorit aniq chizilgani tufayli yanada
chuqurlashgan. Shuning uchun ham “Ayajonlarim” ko’p yillar mobaynida o’zbek
teatrlari sahnasidan tushmay keldi.
Dostları ilə paylaş: