mukofoti bilan taqdirlandi. Ko’plab gazeta va jurnallarda alohida e’tirof etildi,
ko’plab tillarga tarjima qilindi. Shuni aytish mumkinki, komediya bir necha yil
davomida sho’rolar mamlakati va qator xorijiy yurtlardagi 75 ga yaqin teatr
sahnasida qo’yib kelindi.
170. Abdulla Qahhorning “Shohi so’zana” komediyasida qanday masalalar
yoritilgan?
Abdulla Qahhorning ijobiy kulgi asosiga qurilgan “Shohi so’zana”
komediyasida institutni tamomlab, qo’riq Mirzacho’lni o’zlashtirishga borgan
yoshlarning – Dehqonboy va Hafizalarning yangi davr farzandlariga xos bo’lgan
intiluvchan, erkin fikrlovchi qiyofalari aks etgan. Asarda
milliy ruh bilan
sug’orilgan keksa avlod – Xolbuvi va Xolnisaning jonli va hayotiy xarakterlari
yaratilgan. Yosh avlod vakillari – Saltanat va Omon orqali
dadil fikrlovchi yangi
insonlarning shakllanish jarayoni, yangi davrning o’ziga xos fazilatlari, oilaga,
muhabbatga, shaxsiy turmushga yangicha munosabatlarni ko’rsatish afsuski,
sotsialistik g’oyalarni targ’ib etishga bo’ysundirildi.
Dostları ilə paylaş: