domla Chexovchalik ta’sir ko’rsatgan emas. Agar men uslubda biron darajada
kamolotga erishgan bo’lsam, buning uchun, shubhasiz, ustod Anton Pavlovichga
qulluq qilama”
41
,- deb qayd etgandi.
166. Abdulla Qahhor hikoyalarini mavzu jihatdan qanday yo’nalishlarga
ajratish mumkin?
Abdulla Qahhor hikoyalarini mavzu jihatdan
tarixiy (“Bemor”, “O’g’ri”,
“Anor”, “Dahshat”),
zamonaviy (“Asror bobo”, “Xotinlar”, “Mahalla”, “Ming bir
jon”, “Kampirlar sim qoqdi”),
hajviy (“Mayiz yemagan xotin”, “Adabiyot
muallimi”, “To’yda aza”, “Munofiq”) yo’nalishlarga ajratish mumkin. Bu
hikoyalarda qahhorona xarakter yaratish mahorati, siqiq va ixcham hajmga katta
mazmun sig’dirish, badiiy tildagi joziba singari fazilatlar keyingi avlod
yozuvchilari uchun san’atkorlik maktabiga aylandi.
167. Rus yozuychisi Tolstoyning “Urush va tinchlik” asarini kim tarjima
qilgan?
Abdulla Qahhor badiiy ijodni jamoat ishlari bilan qo’shib olib bordi.50-
yillarning boshlarida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasini boshqardi.Rus
adabiyotining mumtoz namunalarini o’zbk tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Jumladan, rus yozuvchisi L. N. Tolstoyning “Urush va tinchlik” epopeya
42
sining 1- va 2-jildlari yozuvchi tomonidan mahorat bilan tarjima qilingan. Afsuski,
asarning keyingi jildlarini tarjima qilish yozuvchiga nasib etmadi. 3- va 4-jildlari
yozuvchining rafiqasi Kibriyo Qahhorova tomonidan tarjima qilindi.
Dostları ilə paylaş: