Abdulla o’n yoshga kirganda Buvaydadagi eski maktabga o’qishga kiradi,
lekin ko’p o’tmay, oila Oqqo’rg’onga ko’chadi. Oqqo’rg’on maktabida Abdulla
qo’qonlik Muhammadjon qorining qo’liga tushadi. Muhammadjon qori ilg’or
fikrli odam edi. Uning maktabida bolalar ko’plab zamonaviy fanlarni o’qiganlar.
Ayniqsa, shogirdlarida Sharq adabiyotiga qiziqish kuchli bo’lgan. Shu sababli
yozuvchi umrining oxirigacha Sa’diy va Umar Xayyom, Hofiz va Bedil, Lutfiy
va Navoiy, Bobur va Nodira asarlarini ko’p o’qidi, yod oldi, fikrini dalillashda
ulardan unumli foydalandi.
Abdulla Qahhor 1919-1924-yillarda boshlang’ich maktabda , so’ng Qo’qon
pedagogika texnikumida ta’lim oladi. Dastlabki mashqlari texnikumda chiqadigan
“Bilim yurti” devoriy gazetasida e’lon qilinadi. 1923-yilda “Mushtum” jurnalida
yozuvchining birinchi feletoni bosiladi. 1926-1929-yillarda O’rta Osiyo Davlat
universitetining ishchilar fakultetida o’qiydi. 1930-yilda SAGU (hozirgi
O’zbekiston Milliy universiteti) ning pedagogika fakultetiga kiradi. So’ng O’zR
FA Til va adabiyot institutining aspiranturasida ikki yil tahsil ko’radi.
Dostları ilə paylaş: