O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Shaxyzoda asarlariga adabiy tanqidchilik va adabiyotshunoslik qanday



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   187
208. Shaxyzoda asarlariga adabiy tanqidchilik va adabiyotshunoslik qanday 
munosabatda bo’ldi? 
Maqsud Shayxzoda asarlarining badiiy xususiyatlari, estetik-tarbiyaviy 
ahamiyati adabiy tanqidchilik va adabiyotshunoslikda to’g’ri qayd etilgan. Oybek, 
G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, K. Yashin, Izzat Sulton, Mirtemir, Shuhrat kabi 
taniqli yozuvchilaradib ijodining asosiy xususiyatlarini ochiq ko’rsatib berganlar. 
Hamid Olimjon: “Shayxzoda fikrlar shoiridir, u siyosiy she’rlar yaratadigan san’ 
atkordir. Keng ma’lumotli shoir juda qaltis mavzularda asarlar yozadi va 
ko’pincha yaxshi natijalarga erishadi
43
, – deb ta’kidlagan bo’lsa, Oybek shoir 
asarlarini tahlil etib, shunday yozadi: “Shayxzoda she’rlarining formasi rang-
barangdir. U ruboiy (falsafiy mazmundagi to’rtlik),ballada, poema va lirik 
she’rlar formasidan foydalanadi. U porloq va kutilmagan obrazlar yaratgan
44

Adabiyotshunoslardan O. Sharafiddinov, M. Zokirov, B. Imomov,
O. Abdullayev, H. Olimjonova, I. G’afurov va boshqalarning maqola va 
risolalarida Shayxzoda asarlarining asosiy xususiyatlariga doir muhim fikrlar 
bayon etilgan. 
209. Shayxzodaning dastlabki she’rlarini qaysi shoir tahrir qiladi? 
 
Shoir Maqsud ShayxzodaToshkentga kelgach, avval Narimonov nomli 
texnikumda dars beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil O’zbekiston” (hozirgi 
“O’zbekiston ovozi”) gazetalarida ishlaydi. Shu yerda G’afur G’ulom, Oybek, 
Hamid Olimjon, Mirtemir bilan tanishadi. G’afur G’ulom uning dastlabki 
43
Ҳaмид Олимжон. Taнлaнгaн aсaрлaр, 3-жилд, – T.:1960,421-бeт.
44
Oйбeк. Aсaрлар, 14-жилд. – T.: “Фaн”, 1979, 38-бeт.


asarlarini tahrir qiladi va shu tariqa ular o’rtasida bir umr davom etgan hamkorlik
do’stlik boshlanadi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin