O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Qahhorda badiiy adabiyotga, Sharq she’riyatiga ixlos qayerda



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   187
198. Abdulla Qahhorda badiiy adabiyotga, Sharq she’riyatiga ixlos qayerda 
uyg’ondi? 
 
Abdulla Qahhor o’n yoshga kirganda Buvaydadagi eski maktabga o’qishga 
kiradi. Ko’p o’tmay, oila Oqqo’rg’onga ko’chadi. Oqqo’rg’onda jadid maktabida 
Muhammad qoridan tahsil oladi, domla ilg’or fikrli odam edi. Uning maktabida 
bolalar partada o’tirib dars tinglardilar. Domla geografiya, tabiiyot, matematika 
kabi ilmlarni ham o’qitgan, shogirdlarida Sharq adabiyotiga qiziqish uyg’ota olgan. 
Shu sabab Abdulla Qahhor umrining oxirigacha Sa’diy va Umar Xayyom, Lutfiy 
va Alisher Navoiy, Bobur va Nodira asarlarini qo’ldan qo’ymay mutolaa qilar, 
ularning ko’pini yod bilar va o’rni kelganda parchalar keltirib, fikrini dalillar edi. 
199. Abdulla Qahhor ”O’tmishdan ertaklar” asari uchun qanday mukofot 
bilan taqdirlangan? 
 
Abdulla Qahhorning avtobiografik xarakterdagi “O’tmishdan eraklar” 
qissasi keng adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Bu asar uchun 
yozuvchi 1966-yilda O’zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 
200. Abdulla Qahhorning yoshlik yillari qaysi qishloqlarda kechgan? 
 
Abdulla Qahhorning yoshlik yillari turli qishloqlarda kechgan, bu haqda 
shunday deydi: “ Mening bolalik yillarim Farg’ona vodiysining Yaypan, Nurcux, 
Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor,Yulg’unzor, Oqqo’rg’on degan qishloqlarida 
o’tgan…” Otasi temirchi bo’lgani sababli turli qishloqlarda ko’chmanch hayot 
kechirgan, ya’ni qayerda ish bo’lsa, ularni bajarib boshqa joylarga ketavergan. 
Keyinchalik  A.Qahhor ko’chmanchilikda kechgan og’ir kunlarini aks ettirib bir 
qissa yozgan. Bu “O’tmishdan ertaklar” nomli avtobiografik qissasidir. 
201. Abdulla Qahhor qaysi hikoyalarida sho’ro kishilarining nuqsonlarini, 
sotsialistik tuzum kamchiliklarini tanqid qilgan? 
Abdulla Qahhor “Mayiz yemagan xotin”, ”Jonfig’on”, ”Munofiq”, “Qizlar”, 
”Adabiyot muallimi”, ”San’atkor” kabi hikoyalarida sho’ro kishilarining ayrim 
nuqsonlarini, sotsialistik tuzum kamchiliklarini keskin tanqid qilgan. U sotsialistik 
realism metodidan chekingan, sho’ro voqeligini buzib ko’rsatgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin