1-Mavzu: O’simliklar fiziologiyasi faninig predmeti, metodi, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi. Reja


O'simliklar fiziologiyasi fanining usullari



Yüklə 219,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.11.2022
ölçüsü219,84 Kb.
#70116
1   2   3   4   5
1-Mavzu O’simliklar fiziologiyasi faninig predmeti, metodi, maq

O'simliklar fiziologiyasi fanining usullari 
O'simliklar fizioiogiyasi fanining asosi tajribalardan iborat bo'lib, shu bilan 
bir qatorda tarixiy izlanish usullaridan ham foydalaniladi. Fiziologiyaning asosiy 
usullaridan xromotografiya, nishonlangan atomlar usuli, sentrifugalash yordamida 
hujayra organoidlarini ajratish, spektrografiya, electron mikroskopiya va boshqa 
usullar keng qo'llaniladi. Sun'iy iqlim laboratoriyalari tashkil qilinib, ularda 
(harorat, namlik, yorug'lik va boshqa omillarni me'yorida saqlab) o'simlik o'stirish 
va hosil olishni nazorat qilish yo'lga qo'yilgan. Fitotronlar ham shunday vazifani 
bajargan holda, ularda qish va bahor faslida ham g'o'za o'stirish va tajriba o'tkazish 
imkonini beradi. Yangi usullarni qo'llash natijasida o'simliklar fizioiogiyasi fanini 
chuqur o'rgangan holda olingan natijalarni amaliyotga qo'llab, o'simliklar hayot 
faoliyatini boshqarish usullari yaratildi. O'qyv qo'llanmada har bir regionning 
hosildorligini oshirish, tabiiy sharoitda yaxshilash masalasini ishlab chiqish, 
haydalgan yerlarning rejalangan hosildorlik bilan taqqoslash yo'li bilan aniqlash 


ko'zda tutiladi. Hosildorlikni dasturlash usullari to'liq ishlab chiqilgan (Ziganshin 
A.A.). 
O'simliklar fiziologiyasi fanining vazifalari 
O'simliklar fiziologiyasi fanining asosiy vazifasi o'simliklar hayot faoliyati 
qonunlarini o'rgangan holda ularni boshqarish va hosildorlik sifatini yaxshilashdan 
iborat. Hozirgi kun talabiga ko'ra o'simliklarni oziqlantirishning ilmiy asoslarini 
ishlab chiqib, qishloq xo'jalik ekinlarinining hosildorligini oshirish fiziologiya 
faninng markaziy muammosidir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov 
ta'kidlaganlaridek, don mustaqilligiga erishish uchun hosildorlikni oshirish va 
yangi navlarni, ya'ni qattiq bug'doyning tarkibida kleykovina ko'p bo'lgan navlarini 
ko'paytirish zarur bo'ladi. Buning uchun mineral va organik o'g'itlardan kerakli 
miqdorda foydalanish hamda begona o'tlar va kasalliklarga qarshi kurash va 
tegishli preparatlarni ishlatish kerak. 
Fiziologiya fani yutuqlarini qo'llagan holda, serhosil, qurg'oqchilikka va 
sovuqqa chidamli yangi navlar yaratish, ular tarkibidagi oqsillar, yog'lar, 
uglevodlar va vitaminlar miqdorini ko'paytirishga erishish zarur. 

Yüklə 219,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin