To`rtoyoqlilar katta sinfi. Suv va quruqlikda yashovchilar -Amfibiyalar sinfi.
Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Umurtqalilar quruqlikka chiqishidagi
ekologik va morfologik moslanishlari. Suv va quruqlikda yashovchilarning ilk vakillari sifatida
paleozoy davrida yashagan amfibiya – stegotsefallar. Amfibiyalar - Suv va quruqlikda
yashovchilar sinfi/ Sinfning umumiy biologik va morfologik tavsifi. Sinfning sistematikasi:
oyoqsizlar turkumi, dumli va dumsiz amfibiyalar. Ko`l baqasi misolida amfibiya tuzilishi va
biologik xususiyatlari.
Amfibiyalar ekologiyasi: asosiy ekologik guruhlari, ovqatlanishi, ko`payishi, rivojlanishi,
nasl uchun qayg‘urish usullari. O`rta Osiyoda yashovchi amfibiyalarning amaliy ahamiyati va
ulardan foydalanish muammolari, sun`iy ko`paytirish, muhofaza qilish.
Sudralib yuruvchilar sinfi -Reptiliyalar.Anamniya va amniotlarning morfologik va
fiziologik belgilari: rivojlanishi, tuxumining tuzilishi, murtak qobig‘ining paydo bo`lishi. Teri va
uning tarkibiy qismlari. Ayiruv sistemasining hususiyatlari va bu hususiyatlarning quruqlikda
hayot kechirishga o`tish bilan bog‘liqligi. Reptiliyalarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
Qazilma shakllari va ularning morfologik hamda ekologik turli-tumanligi. Hozirgi zamon
reptiliyalarining
sistematikasi;
turkumlari:
tumshuqboshlilar,
timsohlar,
toshbaqalar,
tangachalilar va ularning qisqacha ta`rifi.
Tangachalilar vakillari – tez kaltakesak misolida reptiliyalar tuzilishi va fiziologiyasi.
Hayot kechirishi, ko`payishi, ovqatlanishi, mavsumiy xossalari xulq atvorining issiq iqlim
sharoitiga moslanish xususiyatlari. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati.
O`rta Osiyo gerpetofaunasining o`ziga xos vakillari. Zaharli ilon turlari, ularning yashash
sharoiti va muhofaza qilinishi. Sahro biotsenozida sudralib yuruvchilarning ahamiyati. Qizil
Kitob sahifasidan joy olgan sudralib yuruvchilar vakillari.
Qushlar sinfi Sinf vakillari tuzilishining asosiy xususiyatlari. Qushlarning kelib chiqishi
va ularning evolyutsion taraqqiyoti. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi va turkumlariga
qisqacha ta`rif. Uy kaptari misolida qushlarning ichki va tashqi tuzilishi. Qushlarning moslanish
xususiyatlari, fiziologiyasi, terisi, pat tuzilishi, nafas olish, ayiruv, asab tizimi va sezgi a`zolari.