Mazkur dastur 5140100-Biologiya (turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishining



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/40
tarix24.11.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#70312
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
5А140101 - Biologiya (fan yonalishlari boyicha)

To`rtoyoqlilar katta sinfi. Suv va quruqlikda yashovchilar -Amfibiyalar sinfi. 
Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Umurtqalilar quruqlikka chiqishidagi 
ekologik va morfologik moslanishlari. Suv va quruqlikda yashovchilarning ilk vakillari sifatida 
paleozoy davrida yashagan amfibiya – stegotsefallar. Amfibiyalar - Suv va quruqlikda 
yashovchilar sinfi/ Sinfning umumiy biologik va morfologik tavsifi. Sinfning sistematikasi: 
oyoqsizlar turkumi, dumli va dumsiz amfibiyalar. Ko`l baqasi misolida amfibiya tuzilishi va 
biologik xususiyatlari. 
Amfibiyalar ekologiyasi: asosiy ekologik guruhlari, ovqatlanishi, ko`payishi, rivojlanishi, 
nasl uchun qayg‘urish usullari. O`rta Osiyoda yashovchi amfibiyalarning amaliy ahamiyati va 
ulardan foydalanish muammolari, sun`iy ko`paytirish, muhofaza qilish. 
Sudralib yuruvchilar sinfi -Reptiliyalar.Anamniya va amniotlarning morfologik va 
fiziologik belgilari: rivojlanishi, tuxumining tuzilishi, murtak qobig‘ining paydo bo`lishi. Teri va 
uning tarkibiy qismlari. Ayiruv sistemasining hususiyatlari va bu hususiyatlarning quruqlikda 
hayot kechirishga o`tish bilan bog‘liqligi. Reptiliyalarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. 
Qazilma shakllari va ularning morfologik hamda ekologik turli-tumanligi. Hozirgi zamon 
reptiliyalarining 
sistematikasi; 
turkumlari: 
tumshuqboshlilar, 
timsohlar, 
toshbaqalar, 
tangachalilar va ularning qisqacha ta`rifi. 
Tangachalilar vakillari – tez kaltakesak misolida reptiliyalar tuzilishi va fiziologiyasi. 
Hayot kechirishi, ko`payishi, ovqatlanishi, mavsumiy xossalari xulq atvorining issiq iqlim 
sharoitiga moslanish xususiyatlari. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati. 
O`rta Osiyo gerpetofaunasining o`ziga xos vakillari. Zaharli ilon turlari, ularning yashash 
sharoiti va muhofaza qilinishi. Sahro biotsenozida sudralib yuruvchilarning ahamiyati. Qizil 
Kitob sahifasidan joy olgan sudralib yuruvchilar vakillari. 
Qushlar sinfi Sinf vakillari tuzilishining asosiy xususiyatlari. Qushlarning kelib chiqishi 
va ularning evolyutsion taraqqiyoti. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi va turkumlariga 
qisqacha ta`rif. Uy kaptari misolida qushlarning ichki va tashqi tuzilishi. Qushlarning moslanish 
xususiyatlari, fiziologiyasi, terisi, pat tuzilishi, nafas olish, ayiruv, asab tizimi va sezgi a`zolari. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin