Umurtqalilar kenja tipi. Jag‘sizlar bo`limi to`garak og‘izlilar sinfi. Umurtqalilarning
kelib chiqishi. Tuzilishining asosiy belgilari: o`q skeleti, bosh skeleti, qo`l-oyoq skeletlari, ovqat
hazm qilish sistemasi, nafas olish sistemasi va sezgi a`zolari. Tuzilishining murakkablashishi,
a`zolarining taraqqiyoti – umurtqalilar progressiv evolyutsiyasining asosiy sharti ekanligi.
Jag‘sizlar bo`limi
To`garak og‘izlilar sinfi. Sinf vakillarining tuzilishi va umumiy belgilari. To`garak
og‘izlililarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Minoganing tuzilishi va hayot kechirishi: skeleti,
nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi, ovqatlanishi, qon aylanish sistemasi. Minoga
va miksinalar tuzilishidagi farqlar. To`garak og‘izlilarning amaliy ahamiyati.
Jag‘lilar bo`limi. Baliqlar katta sinfi. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Baliqlar umurtqalilarning
birlamchi suvda hayot kechiruvchi vakili sifatida, baliqlar katta sinfining biologik va morfologik
ta`rifi. Harakat-tayanch sistemasi, tuzilishining asosiy belgilari. Baliqlar-suv hayvoni sifatida:
nafas olish, qon aylanish va ayirish sistemalari tuzilishi.
Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tuzilishining asosiy belgilari, tog‘ayli baliqlarning kelib chiqishi,
evolyutsiyasi va sistematikasi. A`zolar sistemasi bo`yicha tuzilishiga ta`rif. Ko`payishi va
rivojlanish xususiyatlari. Tuz va suv almashinuvi. Tog‘ayli baliqlarning amaliy ahamiyati.
Suyakli baliqlar sinfi. Sinfning morfologik va anatomik belgilari, xususiyatlari. Hozirgi
zamon suyakli baliqlarning kelib chiqishi va sistematikasi. Karp balig‘i misolida suyakli
baliqlarning tashqi tuzilishi va a`zolar sistematikasi.Shul`aqanotlilar kichik sinfining ta`rifi: katta
turkumlari, tog‘ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko`p qanotlilar, suyakli baliqlar to`dasi.
Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi.Kaftqanotlilar kichik sinfining
ta`rifi: katta turkumlari, cho`tqaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilar, ularning tuzilishi,
xususiyatlari, fiziologiyasi, hayot kechirishi va umurtqali hayvonlar sistemasi va evolyutsiyasida
tutgan o`rni.Baliqlar ekologiyasi. Biologik to`dalar va ularga xos bo`lgan moslanish
xususiyatlari:
ko`payishi,
migratsiyasi,
ovlanishdagi
ahamiyati,
baliqchilik
yo`nalishi.O`zbekiston ixtiofaunasining o`ziga xos vakillari: aborigenlari, introduktsiya (boshqa
joydan olib kelingan) qilinganlari. O`rta Osiyoda ovlanadigan, noyob va yo`qolish havfi ostida
turgan baliqlarning vakillari.