Mazkur dastur 5140100-Biologiya (turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishining



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/40
tarix24.11.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#70312
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
5А140101 - Biologiya (fan yonalishlari boyicha)

Qushlar ekologiyasi. Sinf vakillari tuzilishining asosiy xususiyatlari. Qushlarning kelib 
chiqishi va ularning evolyutsion taraqqiyoti. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi va 
turkumlariga qisqacha ta`rif. Uy kaptari misolida qushlarning ichki va tashqi tuzilishi. 
Qushlarning moslanish xususiyatlari, fiziologiyasi, terisi, pat tuzilishi, nafas olish, ayiruv, asab 
tizimi va sezgi a`zolari. 
Qushlar ekologiyasi: geografik tarqalishi, ekologik guruhlari, uchishga moslanish 
belgilari, ko`payiishi, rivojlanishi, nasl uchun qayg‘urishi, mavsumiy xossalari. Migratsiya va 
uning sabablari. Qushlarning tabiat va xo`jalikdagi ahamiyati. 
O`rta Osiyo ornitofaunasining turli-tumanligi va asosiy vakillari. Qushlarning 
ovlanadigan, noyob va qo`riqlanadigan turlari. O`zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan qushlar va 
ularning yashash sharoitlari. O`zbekistonda ornitologik kuzatishlar olib borishdagi asosiy 
muammolar. 
Sut emizuvchilar yoki darrandalar sinfi, ekologiyasi va kelib chiqishi. Sinfning 
umumiy ta`rifi. Sut emizuvchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasiga sabab bo`lgan omillar. 
Qirilib ketgan turlari va ularning qadimgi reptiliyalar bilan aloqadorligi va evolyutsiyasi. 
Hozirgi zamon sut emizuvchilarining sistematikasi: bir teshiklilar, xaltalilar, yo`ldoshlilar 
va ularning asosiy biologik xususiyatlari. Yo`ldoshli sut emizuvchilar sistematikasi va ularning 
turkumlariga qisqacha ta`rif. 
Asosiy a`zolar tizimiining morfologik va funktsional ta`rifnomasi; teri qo‘lag‘ichlari, 
skeleti. Nafas olish, ovqat hazm qilish, qon aylanish va limfatik tizimi. Siydik-ta`nosil tizimi. 
Nerv tizimi va sezgi a`zolari. Markaziy nerv tizimi va bosh miyasining tuzilishidagi o`ziga xos 
xususiyatlari. Xulq atvorining (etologiyasi) murakkab shakllari. 


Sut emizuvchilar biologiyasi, geografik tarqalishi. ekologik guruhlari. Suv muhitini 
ikkilamchi o`zlashtirish, mavsumiy ritm. Ularning ovqatlanishi va ekosistemadagi o`rni, 
ovlanadigan turlari, ulardan mahsulot tayyorlash, muhofaza qilish, qishloq ho`jaligi 
zararkunandalari, kasal tarqatuvchi va xonakilashtirilgan turlari. 
O`rta Osiyo sutemizuvchilarining turli-tumanligi. Ovlanadigan, yo`qolib borayotgan va 
qo`riqlanadigan turlari. O`zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan sut emizuvchilar turlari va ularning 
tarqalishi. O`zbekistonda teriologiya muammolari va sut emizuvchilarni o`rganishga 
bag‘ishlangan asosiy yo`nalishlar. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin