Mazkur dastur 5140100-Biologiya (turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishining



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/40
tarix24.11.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#70312
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
5А140101 - Biologiya (fan yonalishlari boyicha)

Fotosintez ekologiyasi. Fotosintezning tashqi sharoit va organizm holatiga bog‘likligi. 
Fotosintetik jarayonlarning sutkalik va mavsumiy ritmlari. Fotosintezining kompensatsion 
nuqtasi. Turli ekologik guruhga mansub o‘simliklar fotosintezining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Sanoat fitotronikasi va yopiq tizimlar sharoitida fotosintez. Fotosintez va o‘simliklarning 
umumiy mahsuldorligi.
Nafas olish. Nafas olish haqidagi tahlimotlarning rivojlanishi tarixi. Hujayrada 
oksidlanish-qaytarilish jarayonlari va mexanizmlari. Biologik oksidlanish. Nafas olishning 
biologik ahamiyati. Nafas olishning katalitik tizimlari. Substrat va molekulyar kislorodning 
faollanishi mexanizmlari. Radikallarning oksidlanish jarayonlaridagi o‘rni. 
Uglevodlar 
dissimilyatsiyasining 
asosiy 
yo‘llari. 
Glyukoza 
oksidlanishining 
pentozamonofosfat yo‘li va uning hujayra konstruktiv almashinuvidagi o‘rni. Glikoliz. 
Achishning turlari. Krebs tsikli, glioksalat tsikli. 
Mitoxondriyalarning elektron-transport zanjiri: strukturasi, asosiy komponentlari va 
ularning oksidlanish— qaytarilish potentsiallari. Oksidlanishli fosforirlanish. Substrat 
darajasidagi va nafas olish zanjiridagi fosforirlanishlar. Elektronlar tranportining ATF sintezi 
jarayoni bilan bog‘lanish mexanizmi. Jarayonning energetik samaradorligi. Nafas olishning 
konstruktiv metabolizmdagi ahamiyati va hujayraning boshqa vazifalari bilan bog‘liqligi. 
Nafas olish ekologiyasi. Gaz almashinuvining miqdoriy ko‘rsatkichlari. Nafas olishning 
o‘simlik biologik xususiyatlari, yoshi, to‘qima turi va rivojlanish sharoitiga bog‘liqligi. Hosilni 
saqlashda nafas olishning ahamiyati. Anoksiya va nafas olish tizimlarining unga moslashuvi. 
Nafas olish o‘z-o‘zini boshqaruvchi jarayon.
O‘simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi. O‘simliklarda suv almashinuvining 
umumiy xarakteristikasi. Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati, fizik-kimyoviy xossalari. 
O‘simliklarda suvning holati va fraktsion tarkibi. Erkin va bog‘langan suv. Hujayraga suv 


yutilishining asosiy qonuniyatlari. Biokolloidlarning bo‘kishi va osmos. Suv rejimining 
termodinamik ko‘rsatkichlari: suvning faolligi, kimyoviy potentsial, suv potentsiali. Surish 
kuchi. 
Ildizlarga suv yutilishi. Suvning o‘simlik bo‘ylab harakatlanish mexanizmlari. Yaqin va 
uzoqqa tashilish yo‘llari. Ildizning tuzilishi. Ildiz bosimi, guttatsiya, transpiratsiya va ularning 
fiziologik ahamiyati. Transpiratsiyaning miqdoriy ko‘rsatgichlari: jadalligi, mahsuldorligi
transpiratsiya koeffitsienti. Kutikulyar va labchali transpiratsiya. Transpiratsiya jadalligiga 
tashqi muhit omillarining ta’siri. Transpiratsiyaning sutkalik holati. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin