Mazkur dastur 5140100-Biologiya (turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishining


Umurtqalilar kenja tipi. Jag‘sizlar bo`limi to`garak og‘izlilar sinfi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/40
tarix24.11.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#70312
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
5А140101 - Biologiya (fan yonalishlari boyicha)

Umurtqalilar kenja tipi. Jag‘sizlar bo`limi to`garak og‘izlilar sinfi. Umurtqalilarning 
kelib chiqishi. Tuzilishining asosiy belgilari: o`q skeleti, bosh skeleti, qo`l-oyoq skeletlari, ovqat 
hazm qilish sistemasi, nafas olish sistemasi va sezgi a`zolari. Tuzilishining murakkablashishi, 
a`zolarining taraqqiyoti – umurtqalilar progressiv evolyutsiyasining asosiy sharti ekanligi. 
Jag‘sizlar bo`limi 
To`garak og‘izlilar sinfi. Sinf vakillarining tuzilishi va umumiy belgilari. To`garak 
og‘izlililarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Minoganing tuzilishi va hayot kechirishi: skeleti, 
nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi, ovqatlanishi, qon aylanish sistemasi. Minoga 
va miksinalar tuzilishidagi farqlar. To`garak og‘izlilarning amaliy ahamiyati. 
Jag‘lilar bo`limi. Baliqlar katta sinfi. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Baliqlar umurtqalilarning 
birlamchi suvda hayot kechiruvchi vakili sifatida, baliqlar katta sinfining biologik va morfologik 
ta`rifi. Harakat-tayanch sistemasi, tuzilishining asosiy belgilari. Baliqlar-suv hayvoni sifatida: 
nafas olish, qon aylanish va ayirish sistemalari tuzilishi. 
Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tuzilishining asosiy belgilari, tog‘ayli baliqlarning kelib chiqishi, 
evolyutsiyasi va sistematikasi. A`zolar sistemasi bo`yicha tuzilishiga ta`rif. Ko`payishi va 
rivojlanish xususiyatlari. Tuz va suv almashinuvi. Tog‘ayli baliqlarning amaliy ahamiyati. 
Suyakli baliqlar sinfi. Sinfning morfologik va anatomik belgilari, xususiyatlari. Hozirgi 
zamon suyakli baliqlarning kelib chiqishi va sistematikasi. Karp balig‘i misolida suyakli 
baliqlarning tashqi tuzilishi va a`zolar sistematikasi.Shul`aqanotlilar kichik sinfining ta`rifi: katta 
turkumlari, tog‘ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko`p qanotlilar, suyakli baliqlar to`dasi. 
Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi.Kaftqanotlilar kichik sinfining 
ta`rifi: katta turkumlari, cho`tqaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilar, ularning tuzilishi
xususiyatlari, fiziologiyasi, hayot kechirishi va umurtqali hayvonlar sistemasi va evolyutsiyasida 
tutgan o`rni.Baliqlar ekologiyasi. Biologik to`dalar va ularga xos bo`lgan moslanish 
xususiyatlari: 
ko`payishi, 
migratsiyasi, 
ovlanishdagi 
ahamiyati, 
baliqchilik 
yo`nalishi.O`zbekiston ixtiofaunasining o`ziga xos vakillari: aborigenlari, introduktsiya (boshqa 


joydan olib kelingan) qilinganlari. O`rta Osiyoda ovlanadigan, noyob va yo`qolish havfi ostida 
turgan baliqlarning vakillari. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin