Axborot texnologiyalari


Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix25.11.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#70550
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-mavzu

Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi: 
Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr

Mexanik mashinalar davri

Elektromexanik mashinalar davri

Elektron hisoblash mashinalar davri 
Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr. Inson hisoblay boshlashidagi 
dastlabki hisoblash vositasi bo'lib odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Odam 
tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash 
ishlarini bajargan. Maskur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, balki ikki 
yoki undan ortiq raqamli sonlarni qo'shish ham juda qiyin yoki umuman mumkin 
emas. Shuning uchun asta-sekin sun`iy hisoblash vositalari vujudga kela boshladi. 
Shubhasiz birinchi hisoblash vositalari toshlar va tayoqchalardir. So'ngra birka, 
abak, Neper tayoqchalari, rus cho'tlari vujudga keldi. 
Mexanik mashinalar davri. Nemis olimi Vilgelm Shikkard (1592-1636) 
tomonidan 1623 yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar 
davri boshlandi. Aslida esa, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 
yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr etilmagan ikki 
jildli qo'lyozmasi topilgan. Qo'lyozmadagi chizmalar ichida o'n uchta raqamli 
sonlarni qo'sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo'lib, ular 
asosida mashina yaratilganda, bu qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma 
ekanligi ma`lum bo'ldi. Shunga ko'ra, uyg'onish davrining buyuk rassomi
matematigi italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) birinchi 
hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi. Vilgelm Shikkard yasagan 
mexanik hisoblash mashinasi ham, Leonardo da Vinchining loyihasi ham hayotda 
qo'llanilmadi. 
"Frantso‘zlarning Arximedi" degan nomni olgan olim Blez Paskal 1642 yilda 
keyinchalik keng ko'lamda go'llanilgan va keyingi hisoblash mashinalari uchun 
asos bo'lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi. 
Ana shu ixtiro tufayli duyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:

Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?

Hisoblash uchun lozim bo'lgan boshlang'ich sonlarni mashinada qay usulda 
kiritish kerak?

Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?

Amal bajarish davomida o'nliklarni qanday qilib o'tkazish kerak?

Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak?
1662-1645 yillarda Pascal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan 
ziyod shakillarini yaratdi. Ularning eng mukammali 1645 yilda yaratildi va 
"arifmetik mashina" yoki "Paskal g'ildiragi" deb nomlandi. 
1820 yili Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator- "Arifmometr" ni 
yaratdi. U qariyib 90 yil (ba`zi kichik o'zgarishlar bilan qayta ishlangan holda) 


qo'llanildi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin