Axborot texnologiyalari


Elektromexanik mashinalar davri



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix25.11.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#70550
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-mavzu

Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos 
qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr 
energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining yaratilishi 
elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. Bunday mashina 
loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.Odner tomonidan 1875 
yilda yaratildi1925 yilda V.Bush elektr releda yig'ilgan hisoblash mashinasini 
yasadi va hayotga tatbiq etdi. 
Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943-1945 yillarda birinchi bo'lib 
AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Mouchli va Ekkert 70 tonnaga yaqin 
og'irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallaydigan va 18 mingta elektron 
lampaga ega bo'lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi - "ENIAC" yaratildi. U 
elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi. 
1947 yilda Bell laboratoriyasinig hodimlari Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter 
Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi. Mazkur kashfiyot uchun ular 1956 
yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Qisqa davr ichida, tranzistor va integral 
sxemaning 
kashfiyoti 
tufayli, 
bugungi 
kungacha 
elektron 
hisoblash 
mashinalarining to'rtta avlodi yaratildi: 
Birinchi sovet EHMi 1950 yilda akademik S.A.Lebedev rahbarligida yaratildi. U 
MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi) deb ataldi. Bir yildan keyin 
S.A.Lebedev rahbarligida BESM (katta elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. 
Birinchi avlod mashinalari. (1950 yillar boshlari) Birinchi avlod EHMlari 
markaziy prosessorining elementlar bazasi sifatida umumiy soni bir necha o‘n 
minglarga yetgan elektron lampalardan foydalanilgan. Operativ xotira ferrit 
uzaklar bloklarida qurilgan. Ko‘plab ishlab chiqarilgan sovet davri mashinalaridan 
birinchi avlodga mansublari Strella (1953 y.), Ural (1954y.), M-20 (1959y.), Minsk 
-1 (1960 y.), BESM seriyali qator mashinalar kiradi. 
Sekundiga 10 000 amalni bajaradi. Xotirasiga 2047 tagacha son sig‘adi.
Operativ xotira hajmi mashinaviy so‘zning uzunligi bilan ikkilik raqamlar yoki 
bitlar (bit-bo‘lak, bo‘lakcha ma‘nosini anglatadigan inglizcha bit so‘zidan olingan 
bo‘lib, bitta ikkilik raqamidan tashkil topgan ma‘lumotdagi axborot miqdori kabi 
aniqlanadigan informasiya birligini anglatadi) soni bilan aniqlanadi. Mashinaviy 
so‘zning standart uzunligi 8 ta ikkilik raqamni o‘z ichiga oladi bunday birlikni bayt 
(bite-bo‘lakcha) deyiladi: 1 bayt- 8 bit. Shunga o‘xshash kattaroq o‘lchov birliklari 
ham ishlatiladi: 1-kilobayt (kb)=1024 bayt, 1 megabayt(mg)=1024 kb. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin