Axborot texnologiyalari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix25.11.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#70550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-mavzu

Animasiya. Animasiya ma‘lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda 
ma‘lum vaqt oralig‘ida, ma‘lum sondagi bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan tasvirlar 


tezkor almashtiriladi. Natijada multiplikasiyaga o‘xshash harakatlanuvchi 
(animasion) tasvir hosil bo‘ladi. Filmlar va video ma‘lumotlarning asosini 
animasiyalar tashkil etadi, chunki filmlar namoyishida bir soniyada 25-30 ta tasvir 
tezkor almashtiriladi. Shundan qilib, videofilm tarkibidagi tasvirlarni hisoblab 
chiqish mumkin, ya‘ni bir soatlik film 3600 soniyani, undagi tasvirlar esa 90 
mingtani tashkil etadi.
Animasiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin: 

matn axborotini qismlashni; 

tasvir qismlarining so‘zsiz harakati jarayonini; 

rasm harakatlarini; 

tarixiy janglarning so‘zsiz harakatini; 

fizik va kimyoviy jarayonlarni; 

texnologik jarayonlarni; 

tabiiy hodisalar jarayonini; 

siyosiy hodisalar jarayonini; 

ijtimoiy hodisalar jarayonini; 
 
Axborot birliklari, axborotning o‟lchov va hajm tushunchalari. Har 
qanday maxsulotning o‘lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, 
kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. Xuddi shunga o‘xshash 
axborotning ham o‘lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik 
birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta ―1‖ yoki bitta ―0‖. Bunda signalning 
mavjudligi ―1‖ bilan yoki yo‘qligi ―0‖ bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb 
qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul 
qilingan. Shuningdek katta hajmdagi ma‘lumotlar sig‘imini o‘lchash uchun 
kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o‘lchamlar 
mavjud: 
1 Kb =1024 bayt,
1 Mb=1024 Kbayt, 
1 Gb =1024 Mbayt, 
1 Tb =1024 Gbayt. 
Zamonaviy tarmoqlarda ma‘lumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi, 
ya‘ni bir bayt axborot bitlar bo‘yicha uzatiladi. Tarmoq sohasida kilobayt va 
megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek o‘nli sanoq tizimiga mos keladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin