Agarda inson kundalik axborotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lmas ekan u
jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar.
Axborot resurslari va axborot tizimlari. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil
11 dekabrdagi 560-II son ―Axborotlashtirish to‘g‘risida‖gi Qonuniga binoan
quyidagicha ta‘rif berish mumkin.
Axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to‘plamlari, axborot
tizimlaridagi
(kutubxonalardagi,
arxivlardagi,
fondlardagi,
ma‘lumotlar
banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlari.
Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan
hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va
materiallar kiradi.
Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Dostları ilə paylaş: