qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini
muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi
mumkin.
6-modda.
Axborotning ochiqligi va oshkoraligi Axborot ochiq va oshkora
bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno. Maxfiy axborotga
quyidagilar kirmaydi:
− fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chiqarish
tartibi to‘g‘risidagi, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy
maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;
− ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik,
favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi
punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning
xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar;
− axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy
arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat
ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq
fondlaridagi mavjud ma’lumotlar. Davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat
manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar
to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot
vositalariga xabar berishi shart.
Dostları ilə paylaş: