54
quyidagi mashq uslublari: andozali - takroriy mashqlar uslubini o‘sib
boruvchi yuklama bilan birlashtirish mumkin.
Ma’lum bir mashg‘ulotlarga birlashtirilgan mashqlar
uslublarining turli xil birikmalari “aylanma mashg‘ulot” deb ataladi.
Ma’lum bir tartibga soluvchi chizmaga muvofiq tanlangan va
majmua holda birlashtirilgan jismoniy mashqlarning bir nechta
turlarini seriyalab (yaxlit yoki oraliqli) takrorlash “aylanma
mashg‘ulot” asosini tashkil qiladi.
Sportchining oldinda turgan musobaqa faoliyatiga moslashishi
uni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashda katta ahamiyatga ega.
Buning uchun mashg‘ulot jarayonida oldinda turgan bellashuvlar
xususiyatlarini qisman bo‘lsa ham modellashtirish lozim. Bu
musobaqa uslubidan foydalanish hisobiga erishiladi. Musobaqa
uslubi jismoniy, iroda va ma’naviy sifatlarni rivojlantirish, texnik-
taktik xarakatlarni takomillashtirish uchun qo‘llaniladi.
Mashg‘ulotda o‘yin uslubi ham katta ahamiyatga ega. Undan
foydalanib, bir xildagi mashg‘ulot ishini bajarishda qulay emotsional
holatni yaratish, shuningdek chaqqonlik, mo‘ljallash tezligi, topqirlik,
mustaqillik, tashabbuskorlik kabi sifat hamda qobiliyatlarni
takomillashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: