66
Faol egiluvchanlik - bu shaxsiy
mushak kuchlanishlari
hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir.
Sust egiluvchanlik - bu tashqi kuchlar, og‘irliklar,
raqib
harakatlari hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish
qobiliyatidir. Sust egiluvchanlik hajmi faol egiluvchanlikning tegishli
ko‘rsatkichlaridan yuqori.
Dinamik egiluvchanlik -
dinamik xususiyatlarga ega
mashqlarda namoyon bo‘ladigan egiluvchanlikdir.
Statik egiluvchanlik - statik egiluvchanlikka ega mashqlarda
namoyon bo‘ladigan egiluvchanlikdir.
Umumiy egiluvchanlik - turli yo‘nalishlarda
eng yirik
bo‘g‘imlarda katta amplituda bilan harakatlarni bajarish qobiliyatidir.
Maxsus
egiluvchanlik
-
kurashchining
texnik-taktik
xususiyatlarga tegishli bo‘g‘imlar va yo‘nalishlarda harakatlarni katta
amplituda bilan bajarish qobiliyatidir. Cho‘ziltiruvchi mashqlar:
oddiy, prujinali harakatlar, o‘zini
ushlagan holda siltanishli, tashqi
yordam
bilan
bajariladigan
harakatlar,
egiluvchanlikni
rivojlantirishning asosiy vositalari hisoblanadi.
Bunday mashqlar bilan shug‘ullanish paytida bir qator uslubiy
shartlarni bajarish lozim:
1)
mashqlarni boshlashdan oldin, albatta, badan qizdirish
mashqlarini bajarish;
2) muayyan maqsadlarni oldinga qo‘yish, masalan, gavda yoki
buyumning ma’lum bir nuqtasiga qo‘lni tekkazish;
3) cho‘ziltirish mashqlarini ma’lum
bir ketma-ketlikda
yondashishlab bajarish: qo‘llar uchun, gavda uchun, oyoqlar uchun;
4) cho‘ziltirish mashqlari yondashishlari orasida bo‘shashtirish
mashqlarini bajarish;
5)
mashqlarni
bajarish
paytida
asta-sekin
ularning
amplitudasini oshirish;
6) mashqlarni bajarishda shuni hisobga olish lozimki,
harakatchanlikni rivojlantirishning eng asosiy
uslubi - bu takrorlash
uslubi hisoblanadi.
Bir-ikki oyda har kuni ikki marta shug‘ullanuvchilarning
alohida qobiliyatlariga qarab 25-50 takrorlashdan iborat me’yordagi
cho‘ziltirishga qaratilgan mashqlardan tashkil topgan mashg‘ulotlar
davomida egiluvchanlik ancha o‘sishi mumkin.
6
6
F.A.Kerimov. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. 2005 y.