O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Kurashchining tezkorligi va uni rivojlantirish uslubiyati



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

4.2. Kurashchining tezkorligi va uni rivojlantirish uslubiyati 
 
Kurashchi tezkorligi - bu uning mumkin qadar qisqa vaqt 
ichida ayrim harakatlar va usullarni bajarish qobiliyatidir. Tezkorlik 
sifatini yaxshi rivojlantirmasdan kurashda yuqori natijalarga erishib 
bo‘lmaydi. O‘z raqibidan hatto sekundning yuzdan bir bo‘lagiga 
tezroq harakat qiladigan kurashchi uning oldida muhim ustunlikka 
ega bo‘ladi. 
Kurashchi tezkorligi ko‘p jihatdan uning asab jarayonlari 
harakatchanligiga, sharoitlarga, raqib harakatlaridagi ko‘rimsiz 
o‘zgarishlarni sezishga bo‘lgan sezgirlik unda qay darajada 
rivojlanganligiga, bellashuvda har safar yuzaga kelgan vaziyatni bir 
zumda qabul qilish va to‘g‘ri baholay olish malakasiga, taktik 
harakatlarni o‘z vaqtida va aniq bajarishga bog‘liq. 
Tezkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo‘llaniladi: 
Mashqlarni yengillashtirilgan sharoitlarda bajarish uslubi. 
Harakatlar va katta tezkorlik bilan bajariladigan alohida harakatlarni 
yengillashtirilgan sharoitlarda ko‘p marta takrorlash. Masalan, usulni 
kichik vazn toifasidagi sherik bilan tezkorlikka e’tibor qaratgan holda 
bajarish. Mashqlarni yengillashtirilgan sharoitlarda bajarish tezligi 
bo‘yicha oddiy sharoitlarda bajariladigan harakatlardan oshadigan 
o‘ta tez harakatlarning bajarilishini rag‘batlantiradi. Masalan, 
yugurish tezligini oshirish uchun qiyalangan yo‘lkacha bo‘ylab 
(tog‘dan) yugurish qo‘llaniladi. 
Mashqni 
og‘irlashtirilgan 
sharoitlarda 
bajarish 
uslubi. 
Kurashchi musobaqalarda duch keladigan sharoitlardan ham ancha 
qiyin sharoitlarda maksimal tezkorlik bilan bajariladigan harakatlarni 
ko‘p marta takrorlash. Masalan, og‘ir vazndagi sherik bilan maxsus 
mashqlarni bajarish. 
Takroriy kuchlanishlar uslubi. Ikki xil ko‘rinishda qo‘llaniladi: 
- mashqlarni chegaradagi va chegara atrofidagi tezlik bilan 
bajarish; 
- mashqlarni shunday sharoitda bajarishki, bunda chegaradagi 
kuch zo‘riqishlari nisbatan yengil yukni katta tezlik bilan bir joydan 
ikkinchisiga o‘tkazish yo‘li orqali ta’minlanadi. 
O‘yin va musobaqa usullari ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, 
ulardan foydalanish sportchining emotsional muhiti, ruhiy holati, 
raqobatchilik hissining o‘zgarib turishi hisobiga tezkorlikni 
rivojlantirish uchun qo‘shimcha turtki (rag‘bat) bo‘lishi mumkin. 


61 
Kurashchining tezkorlik sifatlarini tarbiyalash uchun maksimal 
tezlik bilan bajariladigan mashqlar (ular, odatda, tezlik mashqlari, 
deb ataladi) qo‘llaniladi. Tezlik mashqlarining texnikasi ularning 
chegaradagi tezliklarda bajarilishini ta’minlashi shart. Mashqlarni 
bajarish paytida asosiy kuchlanishlar bajarish usuliga emas, balki 
uning tezligiga qaratilishi uchun mashqlar shunchalik yaxshi 
o‘rganilgan va egallangan bo‘lishi kerak. Mashqlar davomiyligi 
shunday bo‘lishi zarurki, bajarish oxiriga kelib tezlik, toliqishga 
qaramasdan, pasaymasligi shart. 
Tezlik mashqlarini bajarish tartiblari katta ahamiyatga ega. Har 
bir mashq davomiyligi 20 sek.dan oshmasligi lozim, dam olish 
oralig‘i, mashqni takrorlash boshida, bir tomondan, kurashchining 
tiklanishishini, ikkinchi tomondan, uning markaziy asab tizimini 
optimal qo‘zg‘aluvchanligini ta’minlashi, optimal bo‘lishi kerak. 
Oraliqlarda dam olish faol bo‘lishi lozim. Buning uchun 
tanaffuslarda katta kuchlanishlarni talab qilmaydigan turli xil 
mashqlar bajariladi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin