79
tomoniga kabi qarama-qarshi tomonga turli taktik tayyorgarlik
usullarini tanlash zarur. Kurashda o‘smirlarni ko‘p
sonli hujumni
taktik tayyorlash usullariga o‘rgatish zarur. Buning asosiy maqsadi -
o‘smirlar o‘zlariga yoqadigan murakkab hujum harakatlarini mustaqil
yarata olsinlar. Bundan tashqari, o‘smir turli raqiblarga qarshi tanlab
qo‘llay olishi mumkin bo‘lgan turli MHH ni egallashi lozim.
Hujum harakatlari taktikasiga keyinchalik o‘rgatish turli
usullardan kombinatsiyalar tuzish va ular bilan hujum qilishni
egallash yo‘li orqali olib boriladi. Kombinatsiyalar shunday tuzilishi
kerakki, birinchi usul bilan bajarilgan hujum raqibning himoyalanish
harakatlari natijasida keyingi usul bilan
hujum qilish uchun qulay
dinamik vaziyatni yaratishi lozim. Kombinatsiyalar to‘xtovsiz
bajariladigan uchta-to‘rtta usullardan tashkil qilinishi mumkin.
Bunda oxirgisidan oldingi hujum usuli oxirgi (yakuniy) usul uchun
qulay dinamik vaziyatni yaratishi zarur.
Bunday kombinatsiyalar bilan hujum qilish misollarini
o‘qituvchi-murabbiy ko‘rsata olishi hamda o‘smirlarni
bunday
hujumlarni mustaqil o‘ylab topishga o‘rgatishi lozim.
Dostları ilə paylaş: