6.3. Kurashchilar bellashuvini tuzish taktikasi
Milliy kurash taktikasi texnika rivojalanishi, musobaqa
qoidalari va hakamlik tizimining o‘zgarishiga muvofiq holda
muntazam rivojlanib kelmoqda.
Hozirgi paytda kurashchi tomonidan to‘xtovsiz hujum
bajariladigan taktika afzal hisoblanadi. Ushbu holda, hattoki agar u
ballar bilan baholanadigan hech qanday hujum uyushtirmagan, uning
raqibi esa faqat himoyalangan bo‘lsa ham, unga ustunlik beriladi,
raqib esa sustkashligi uchun ogohlantirish oladi.
Kurashchi to‘tovsiz hujumlar taktikasini qo‘llash uchun o‘z
jamg‘armasida taktik tayyorgarlikning turli usullari, ko‘p sonli oddiy
hujum harakatlari va MHH ga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari,
bunday taktika yuqori darajada chidamlilikka ega bo‘lishni taqozo
etadi. Shu bilan birga, u nisbatan tinch hamda raqibni hujumga
chorlash davrlari bilan almashtirib turilishi mumkin. Bunda kurashchi
raqib hujumini qaytarishga tayyor turishi lozim.
Texnika taktikaning asosiy vositasi hisoblanadi. Muayyan
taktikani tanlash ham usullar jamg‘armasiga bog‘liq. Ko‘pincha u
kurashchining jismoniy qobiliyatlari: kuchi, tezkorligi, chaqqonligi
bilan aniqlanadi. Ushbu sifatlardan biron birining yuqori darajada
80
rivojlanganligi shu jismoniy sifatga urg‘u bergan holda (hal etuvchi
harakat bilan) taktikani tuzishga imkon yaratadi.
Bellashuvni olib borish taktikasi, asosan, raqib tayyorgarligi
darajasiga bog‘liq. Bellashuv taktikasini to‘g‘ri tuzish uchun, birinchi
navbatda, raqibning qanday hujum harakatlarini qo‘llashi, qanday
himoyalanishi, uning jismoniy tayyorgarligi qandayligini bilish
lozim.
Taktikani o‘z tayyorgarligining kuchli tomonlari va muayyan
raqibning bo‘sh tomonlarini hisobga olgan holda rejalashtirish shart.
Masalan, agar kurashchi katta kuchga ega bo‘lsa, unda hal qiluvchi
hujumni kuch usulida qurish lozim. Agar raqib harakatlarni tez bajara
olsa, unda uning harakatlarini ushlab olishlar bilan bug‘ish va kuch
bilan bostirish zarur. Agar u jismonan kuchli bo‘lsa, uning
harakatlaridan ilgari harkatlanish va murakkab hujumlar bilan
ustunlikka erishish lozim. Raqibning yaxshi ko‘rgan hujumlarini
bilgan holda qarshi hujum harakatlarini tanlash zarur.
Muayyan raqib bilan bellashuvni o‘tkazish uchun kurashchi
ma’lum bir taktika rejasini oldindan belgilab olishi lozim. Bunda,
agar u ustunlikka erishishga olib kelsa, uni bellashuv oxirigacha
ushlab turish lozim. Agar u muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, ehtiyot shart
boshqa variantlari tuziladi.
Taktik reja quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1. Bellashuv maqsadi va unga erishish uslublari. Maqsad
kurashchi va raqibning imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Nisbatan
bo‘sh raqib bilan bo‘ladigan kurashda kurashchining maqsadi - sof
g‘alabaga; kuchli raqib bilan esa - ochkolar (chala, yonbosh)
bo‘yicha g‘alabaga erishishdan iborat.
2. Texnik harakatlarni tanlash. Kurashchi o‘z tayyorgarligini
hisobga olgan holda belgilangan maqsadga to‘liq mos keladigan va
muayyan raqib bilan kurashishda samarali bo‘lgan texnik harakatlar
hamda ularni tayyorlash usullarini (MHH) tanlaydi. Usullar va MHH
raqibning bo‘sh tomonlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
3. Bellashuvni tuzishning umumiy yo‘nalishi bellashuvning
birinchi davridanoq g‘alabaga erishish yoki ballarda ustunlikka ega
bo‘lishga qaratiladi.
4. Bellashuv sur’ati. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan
kurashchi yetarlicha chidamlilikka ega bo‘lmagan, lekin kuch va
texnikada undan ustun bo‘lgan raqib bilan uchrashuvda bellashuvni
yuqori sur’atda olib borishni rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir.
Chidamli raqib bilan bo‘ladigan bellashuvda o‘z energiyasini tejab
81
sarflash lozim. Raqibga bellashuvni yuqori sur’atda olib borishga
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uning harakatlarini cheklab qo‘yish, o‘zi
esa qarshi hujum uchun eng kichkina imkoniyatdan foydalanib
qolishga tayyor turishi lozim.
5. Tik turish va masofani tanlash. Tik turish va masofani
tanlashda shuni hisobga olish lozimki, ular belgilangan hujum
harakatlarini bajarishga yordam berishi hamda raqib “yaxshi
ko‘rgan” hujumlarni qiyinlashtirishi lozim. Hakamning “vaqt”
buyrug‘i yangramaguncha, diqqatni jamlab turish, e’tiborli bo‘lish va
raqibning hujum harakatlariga tayyor turish zarur. Chunki raqib,
yutqaza turib, o‘z kuchini safarbar etadi va har doim ham hujumni
oqilona tashkil qilmaydi. Bu paytda manyovr olib borish, aldamchi
hujumlar hamda harakatlarni cheklaydigan ushlab olishlarni qo‘llash
zarur.
Kurashchi, bellashuvda yutqaza turib, oxirgi sekundga qadar
hal qiluvchi hujumni tayyorlashi lozim. Kurashchi, o‘z harakatlari
bilan mag‘lubiyatni tan olgandek ko‘rsatib, raqib uchun kutilmagan
vaziyatda “portlashi” va bellashuv taqdirini o‘z foydasiga hal
qiluvchi murakkab hujumni amalga oshirishi zarur.
Ko‘pgina
mutaxassislarning
belgilashicha,
amaliyotda
kurashchilarni o‘rgatish texnik tayyorgarlik bilan cheklanadi, ba’zi
hollardagina murabbiylar texnik usullarni amalga oshirish taktikasi
bo‘yicha tavsiyalar beradi. Bellashuvni olib borish taktikasiga
kelganda, tayyorgarlikning bu bo‘limini kurashchilar asosan bevosita
musobaqalarda o‘rganadilar. Musobaqalar paytidagi murabbiy
ko‘rsatmalari va musobaqadan so‘ng bellashuvni tahlil qilish ko‘p
jihatdan kurashchilarning nazariy bilimlari doirasini kengaytiradi,
lekin
bir
vaqtning
o‘zida ular muayyan o‘rgatish bilan
mustahkamlanmagan nazariy manbalari bo‘lib qoladi, xolos.
Shunday qilib, bevosita musobaqalarda ishtirok etish hozirgi kunda
taktik mahoratga o‘rgatish hamda takomillashtirishning yagona
ta’sirchan uslubi hisoblanadi.
R.A.Piloyan, V.T.Djaparaliyevlarning o‘tkazgan tadqiqotlari
natijasida birinchi marta kurash bellashuvi tuzilmasini tashkil etuvchi
va muayyan vazifalarni hal etishning turli usullari hamda vositalarini
tavsiflovchi taktik harakatlarga bo‘linadi:
- razvedka qilish - harakati kurashchilarning katta “aldamchi”
faolligi bilan tavsiflanadi. Bellashuvning birinchi minutlarida
manyovr olib borish aldamchi harakatlar, siltashlar, chorlash hisobiga
82
amalga oshiriladi. Sifat tavsiflari (ro‘yobga chiqish yoki chiqmaslik)
keyingi harakatning amalga oshirilish darajasi bo‘yicha aniqlanadi;
- hujumni amalga oshirish - ushbu harakat uchun oldindan aniq
tayyorgarlik ko‘rmasdan hujumning texnik usulini o‘tkazishga
xosdir. Usulni bajarish vaqti, aks holda - shunday tayyorgarlik vaqti
ham qayd qilinadi. Ikkala holda ham usulning tugash vaqti yoki
maqsadli ko‘rsatmaning o‘zgarish vaqti qayd etiladi;
- qarshi hujumni amalga oshirish - maqsadi bellashuvda
raqibning hujum harakatlari paytida singari maxsus yaratiladigan
sharoitlar vaqtida yuzaga keladi. Birinchi holatda kurashchi avval
himoyalanish harakatini amalga oshiradi, so‘ngra qarshi hujumni
bajaradi. Ikkinchi holatda kurashchi raqibni ma’lum bir ushlab
olishga chorlaydi va keyin qarshi hujum harakatlari amalga
oshiriladi. Birinchi holda himoyalanish harakatini tugallash vaqtidan
boshlab to qarshi hujumning texnik usulini yakunlashga qadar,
ikkinchi holda - chorlashni qo‘llash paytidan boshlab to usulni
yakunlash yoki maqsadli ko‘rsatmani o‘zgartirishga qadar bo‘lgan
vaqt oraliqlari hisobga olinadi;
-himoyalanishni amalga oshirish - himoyalanish harakatlari
raqib tomonidan ma’lum bir hujum harakatini amalga oshirish uchun
ushlab olish paytidan boshlanadi va himoyalanishni amalga oshirish
yoki raqib tomonidan hujumni amalga oshirish bilan yakunlanadi;
-faollikni namoyish qilish - ushbu harakatni hal etish boshi va
oxiri birmuncha qo‘shilib ketgan hamda kurashchining o‘zidan
tuzatish kiritishni talab qiladi. Lekin diqqat bilan tahlil qilganda
ularni yetarlicha aniq ko‘rish mumkin. Faollik bilan siltashlar,
itarishlar, aldamchi harakatlarning ko‘pligi bilan tavsiflanadi.
Kurashchilar hujum usullarining boshlang‘ich harakatlarini
bajarayotgan paytlarida, odatda, usulni oxirigacha yetkazmaydilar;
- ustunlikni ushlab qolish, ya’ni kurashchi yutilgan ballar
orqali ustunlikka erishgandan so‘ng uni ushlab qolishi lozim. Bu
taktik harakat shu bilan tavsiflanadiki, kurashchi imkon qadar uzoq
vaqt ichida raqibiga yutqazib qo‘yilgan ballarni kamaytirishga xalaqit
berishi zarur. Ushbu harakatni amalga oshirishda manyovr olib
borish va hujum harakatlari keng qo‘llaniladi, buning ustiga
kurashchi asosan ushlab olishni amalga oshiradi hamda hakam
bellashuvni to‘xtatgunga qadar raqib harakatini cheklab qo‘yadigan
holatda turadi.
Musobaqa bellashuvining umumiy vaqti ichida hisobga
olinmaydigan va ma’lum bir maqsadli ko‘rsatmaning yo‘qligi bilan
83
tavsiflanadigan maqsadsiz sarflangan (kurashchi sustkashligi va kutib
turish holati bilan ifodalangan) vaqt oraliqlari ko‘p sonli ortiqcha
harakatlar bilan ajralib turadi. Odatda, bu paytda kurashchilar,
raqibidan faol harakatlarni kutayotib, uning texnik rejasiga bog‘liq
holda bo‘ladi.
Mashg‘ulot jarayoni mazmunining tahlili shuni ko‘rsatadiki,
kurash bellashuvi tuzilmasini tashkil etuvchi taktik haraktalarga
yetarlicha ahamiyat berilmaydi. Mashg‘ulotlarda hujum, qarshi
hujum va himoyalanish harakatlariga katta qiziqish borligiga
qaramasdan, ularning musobaqalardagi samaradorligi katta emas.
Buning sababi shundaki, kurashchilar mashg‘ulotlarda taktik
tayyorgarlik usullaridan ajralgan holda, o‘tkazilgan usuldan so‘ng
xavfli holatni amalga oshirish sifatida taktik harakatni kiritmasdan
hujum, himoyalanish va qarshi hujumlarni amalga oshirish
malakalari hamda ko‘nikmalarini takomillashtiradilar.
Turli malakali kurashchilar tomonidan olib boriladigan kurash
xususiyatlarini tavsiflovchi va alohida harakatlarning bellashuv
minutlari bo‘yicha taqsimlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkich
bellashuv davomida kuchning to‘g‘ri taqsimlanganligi to‘g‘risida fikr
yuritishga imkon beradi.
Yanada yuqori malakaga ega bo‘lgan kurashchilarda alohida
harakatlarning minutlar bo‘yicha taqsimlanishida ma’lum bir
qonuniyat kuzatiladi. Bellashuvning birinchi minutlarida - razvedka,
hujum, himoyalanish; ikkinchi minutida - hujum, gilam chetida
ushlab olishlar, faollikni namoyish qilish; uchinchisida - kuchni
tiklash, gilam chetida ushlab olishlar, himoyalanish, qarshi hujum;
to‘rtinchisida - faollikni namoyish qilish, hujum, qarshi hujum,
ustunlikni ushlab turish.
Kurashchilar musobaqa bellashuvlari yuzasidan o‘tkazilgan
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori malakali kurashchilarga
qo‘llaniladigan usullarning turli-tumanligi hamda ularni bellashuv
davomida oqilona almashtirib turilishi yuqori malakali kurashchilar
uchun xosdir.
Ushbu aytilgan fikr kurashchilar taktik tayyorgarligini
individuallashtirish muammosiga boshqacha yondashishga imkon
beradi. Buning uchun kurashchining jismoniy va ma’naviy kuch
sarflab g‘alabaga erishishga yordam beradigan hamma harakatlar
to‘plamini egallashi asos bo‘lib xizmat qiladi.
84
Kurashchining hamma harakatlarni hal eta olish va ularni
bellashuv davomida to‘g‘ri joylashtira olish malakasi uning bazaviy
individual tayyorgarligi bo‘lib hisoblanadi.
Shuning uchun taktik tayyorgarlikni takomillashtirish bo‘yicha
ishlarni uchta yo‘nalishda olib borish lozim:
- kurashchilarni ular avval egallamagan harakatlarga o‘rgatish;
- kurashchining ruhiy, morfologik va jismoniy xususiyatlarini
hisobga olib, har bir harakatni amalga oshirishning eng oqilona
vositalari hamda usullarini tanlash;
- raqib xususiyatlariga qarab, bellashuv davomida taktik
harakatlarning turli kombinatsiyalarini shakllantirish.
O‘quv - mashg‘ulotning asosiy qismida taktik vazifalarni hal
etish vositalari va uslublarini topshiriqli uslubni qo‘llagan holda
o‘rganish hamda takomillashtirish, shuningdek jahonning eng kuchli
kurashchilari bellashuvlari videoyozuvlarini tomosha qilish hamda
tahlil etish tavsiya qilinadi. Bir vaqtning o‘zida kurashchilar yo‘l
qo‘ygan xatolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ularning
bellashuvlari tahlil qilinadi. Kurashchilar qancha ko‘p vositalar va
uslublarni o‘rganib chiqsalar, ularni musobaqa bellashuvida shuncha
to‘g‘ri, tez hamda samarali qo‘llay oladilar. Turli malakali
kurashchilarning musobaqa bellashuvlarini tahlil etish qobiliyatini
rivojalantirish bilan esa kurashchi notanish vaziyatdan to‘g‘ri yo‘l
topib chiqib ketishi mumkin.
Mashg‘ulotni o‘tkazish jarayonida kurashchilar quyidagi
vazifalarni o‘z oldilariga qo‘yishi kerak: raqib maqsadi, yuzaga
keladigan vazifalarni hal etish usullari, raqibning bellashuvdagi xatti-
harakatlarini aniqlash uchun razvedka qilish. Razvedkani chorlash,
aldamchi harakatlar, aldashlar bilan o‘tkazish mumkin.
Mashg‘ulotlar davomida bellashuvni olib borish vositalari va
uslublarini takomillashtirishni quyidagi uslubiyat orqali amalga
oshirish mumkin: muayyan harakatni bajarish maqsadini tushuntirish;
jahonning kuchli kurashchilari bellashuvlarining videoyozuvni tahlil
qilish hamda shunga muvofiq kelgusida bellashuvni olib borish
vositalari va usullarini tanlash; kurashchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni
bartaraf etish; har bir muayyan vazifani hal etish vositalari va
uslublarini o‘rganish hamda takomillashtirish; o‘quv- mashg‘ulot
bellashuvlari davomida harakat malakasini takomillashtirish.
O‘quv - mashg‘ulot bellashuvlarini shug‘ullanuvchilar
malakasiga muvofiq holda olib borish lozim.
85
Ko‘pgina mutaxassislarning fikricha, taktik mahorat ko‘p
jihatdan tez o‘zgarib turadigan musobaqa vaziyatlarida to‘g‘ri yo‘l
tutish qobiliyati bilan belgilanadi, shuning uchun yuqori sur’atda
amalga
oshiriladigan
ma’lum bir musobaqa vaziyatlarini
mashg‘ulotlarga kiritish lozim. Bundan tashqari, yana shu narsa
muhimki, kurashchi juda toliqqan vaziyatlarda ham taklif qilingan
har qanday topshiriqni hal eta olishi lozim. Shuning uchun aynan shu
narsa mashg‘ulot jarayonida o‘z o‘rnini topishi lozim. Shuningdek
bo‘y uzunligi har xil bo‘lgan raqiblar bilan kurashishda yuzaga
keladigan vazifalarni hal eta olish malakasiga katta e’tibor berish
zarur. Taktik mahoratni (turli musobaqa vaziyatlarini yoki
bellashuvda paydo bo‘ladigan vazifalarni hal etish qobiliyatini)
baholash mezoni bo‘lib hujum samaradorligi koeffitsiyenti xizmat
qilishi mumkin.
N.M.Galkovskiy
ma’lumotlariga
ko‘ra,
kurashchi
musobaqalarda g‘alabaga erishish uchun 60% gacha hujum va
himoyalanishlarni amalga oshirishi lozim. N.M.Galkovskiy olib
borgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, kurashchilar musobaqalarda
g‘alaba qozonishi uchun 70% gacha razvedka harakatlarini, 60% -
ushlab olishlarni, 60% - faollikni namoyish qilishni, 100% - xavfli
holatni amalga oshirishni, 60% - qarshi hujum harakatlarini, 80%-
ustunlikni ushlab qolishni, 80% - kuchni tiklashni, 100% - xavfli
holatni bartaraf etishni bajarishlari lozim.
Bellashuv davomida raqibni almashtirish bilan bajariladigan
o‘quv- mashg‘ulotlariga katta e’tibor berish lozim. Bu kurashchilarda
eng qimmatbaho sifatlardan biri – raqib bellashuvni olib borish
taktikasini o‘zgartirgan vaziyatda bellashuvning taktik ko‘rinishini
qayta tuzish malakasini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda
raqibni o‘zgartirish kurashchi uchun kutilmagan vaziyatda va
bellashuvning istagan paytida amalga oshiriladi. Masalan, birinchi va
ikkinchi kurashchilar o‘quv-mashg‘ulot bellashuvini olib bormoqda,
bir minutu 20 sekunddan keyin, kurashchilar holatidan qat’iy nazar,
bellashuv to‘xtatiladi va uchinchi hamda to‘rtinchi kurashchilar
bellashuvga kirishadilar. Gilamda ikkita juftlik hosil bo‘ladi:
birinchisi – birinchi va uchinchi kurashchilar, ikkinchisi – ikkinchi va
to‘rtinchi kurashchilar. Bir minutdan so‘ng juftliklar yana sheriklar
bilan almashadilar. Texnik harakatlarning amalga oshirilish
samaradorligi va ularning bellashuvning har bir minuti hajmida
taqsimlanishi kurashchilar tomonidan bellashuvning olib borilishini
baholash mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
|