Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
94
OLIMJON XOLDOR 
(1932) 
Shoir va adib Olimjon Xoldorni «Vodiy kuychisi» deyishadi. U 1932 yil 18 sentabrda 
Andijon viloyati Buloqboshi tumanining Kulla qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval to‘liqsiz o‘rta 
maktabda, so‘ng Andijondagi pedbilim yurtlarida o‘qiydi. Nihoyat, Farg‘ona Davlat 
pedagogika institutida tahsil oladi.
Sobiq Ittifoq armiyasida xizmat qiladi. Avval maktabda o‘qituvchi, radio muharriri
«Kommunist» va «Yosh leninchi» ro‘znomalarida muxbir bo‘lib xizmat qiladi. 1968—
1983 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari Andijon bo‘limiga boshchilik qildi. Hozirgi kunda 
«Andijonnoma» ro‘znomasida bo‘lim boshlig‘idir. 
O. Xoldor ijodi 60-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’rlar kitobi «Arg‘uvon 
tagida» nomi bilan 1965 yilda ustoz Mirtemir tahriri ostida choi etildi. Hozirgacha o‘n 
beshga yaqin kitobi, publitsistik maqolalari nashr etilgan. Jumladan «Andijon suluvi» 
(1968), «Kaftimdagi tuproq» (1970), «Oshiqona» (1972), «Andijon bahori» (1976), 
«Subhidam qo‘shiqlari» (1977), «Kumush kosa» (1979), «To‘yona-to‘yona» (1982), 
«Yer farzandi» (1988), «Senga intilaman» (1986), «Davrani kengroq oling» (1990), 
«Ko‘ngil», «Ko‘z tegmasin» (1992) hamda rus tilida «Vosmoe nebo Andijana» (1976), 
«Bliki» (1979), «Vostochnsh tropi» (1980), «Prichastnost» (1980), «Pilayusheye 
derevo» (1991) singari to‘plamlari chop bo‘ldi. Shuningdek, uning «Men— Apdijonman», 
«Andijon samosi», «Kelajakdan bir sado», «Subhidam qo‘shiqlari», «Roz» kabi she’riy-
epik asarlari ham paydo bo‘ldi. 
U qo‘shiqchi shoir sifatida ham ma’lum bo‘lib, muallifning ellikdan ortiq g‘azallariga 
kuylar bastalangan. 
Dramaturg sifatida esa uning «Qotil qim?», «Sevgi afsonasi» kabi dramalari 
yaratilgan. Shoirning yuqorida tilga olingan ko‘pchilik to‘plamlariga kirgan she’rlar 
bepoyon vodiy va uning zahmatkash kishilari haqidagi qasida desa bo‘ladi. Shuningdek, 
bir qator qo‘shiq va dostonlarida esa inson go‘zalligi, ma’naviy olami, o‘zaro mehr-
muhabbati, sadoqati haqida bahs yuritadi, to‘yib-toshib kuylaydi. Uning bir qator asarlari 
qardosh xalqlar tillariga tarjima bo‘lgan. Ayni chog‘da shoir hind, chex, rus, arman, 
ukrain, qirg‘iz adiblari asarlarini ham o'z ona tiliga ag‘dargan. Shuningdek, uning 
«Ko‘ngil» nomli qissasi ham chop etilgan. U O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at 
arbobidir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin