www.ziyouz.com кутубхонаси
98
NORMUROD NARZULLAYEV (1934) Normurod Narzullayev o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga o‘zining ko‘p qirrali ijodi bilan
barakali hissa qo‘shib kelayotgan shoirlardan biridir.
U 1934 yilning 7 iyulida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Xo‘jahayron
qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. U yetti yillik ma’lumotni o‘z qishlogidagi
maktabda oldi. 1948 yilda Oxunboboev nomli Qarshi pedagogika bilim yurtiga kirib
o‘qidi. 1956 yilda Samarqand Davlat pedagogika institutining Til va adabiyot fakultetini
imtiyozli diplom bilan bitirdi.
Mehnat faoliyatini 1956 yildan boshladi: «Lenin yo‘li» (Samarqand), «Qashqadaryo
haqiqati» (Qarshi) ro‘znomalarida musahhih, adabiy xodim, bo‘lim mudiri va mas’ul
kotib vazifalarida ishladi. 1968—1969 yillarda Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat
dorilfununining o‘zbek adabiyoti kafedrasi aspiranturasida o‘qidi.
Normurod Narzullayev 1969 yilda O’zbekiston KP Samarqand shahar komiteti
propaganda va agitatsiya bo‘limining mudiri bo‘lib ishladi. 1970 yil yanvaridan 1974 yil
iyuligacha O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti madaniyat bo‘limining instruktori,
sektor mudiri lavozimlarida xizmat qildi. 1974 yilda O’zbekiston SSR Yozuvchilar
uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari va Rayosat a’zosi etib saylandi. 1976 yildan 1981
yilgacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib va kotibiyatning a’zosi vazifalarida
ishladi.
Shoir 1981 yil dekabrida O’zbekiston LKSM Markaziy Komiteti «Yosh gvardiya»
nashriyoti bosh redaktori etib tasdiqlandi. 1991 yildan e’tiboran O’zbekiston Yoshlar
Ittifoqi «Kamalak» nashriyotmatbaa birlashmasining bosh muharriri vazifasini
bajarmoqda.
Shoir ijodiy faoliyatini 1954 yildan boshlaydi, vaqtli matbuot sahifalarida uning ilk
she’rlari bosiladi. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida shoirning ilk
she’riy to‘plami — «Suyunchi» (1965) bosilib chiqadi. Bugunga qadar shoirning o‘ttizga
yaqin kitoblari bosilgan. «Sizni Vatan erkalar» (1966), «Mehr chashmasi» (1970),
«Zarafshon zarlari» (1970), «Ufqlarda ko‘zlarim» (1973), «Yog‘du» (1974), «Nigohlar»
(1976), «Lahza va larza» (1978), «Sevgi sehri» (1981), «Oq samanim» (1982), «Tong
elchisi», (1984), «Shamolni ushlagan bola» (1985), «Yaxshilik deb yashayman» (1987),
«Aniq zaqt» (1989) kabi to‘plamlarning muallifidir. Shoirning rus tilida «Visokoe solnse»
(1974), «Dobriy svet» 1977), «Poyot dutar» (1977), «Mgnovenie» (1982), «Dixaniye
trav» (1983), «Malchik poymavshiy veter» (1990) kitoblari chop etilgan. Bundan
tashqari, shoirning «Muhabbatdan tug’ilgay» kitobi ozarbayjon, «Qo‘shchinor» to‘plami
tojik tilida nashr etilgan.
Normurod Narzullayev asarlari chet ellik she’riyat muxlislariga ham yaxshi tanish:
uning she’rlari ingliz, vetnam, chex, nemis, polyak, turk, hiyad, ispan, frantsuz kabi
tillarga tarjima qilingan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993