O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
114
TEMUR PO’LATOV
(1939)
Yozuzchi Temur Po‘latov o‘zining o‘nlab qissa va romanlari bilan o‘zbek adabiyoti
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan adiblar sirasiga kiradi.
U 1939 yilda Buxoroda tug‘ilib, erta mehnat faoliyatnni boshladi. So‘ngra Buxoro
Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Uni 1963
yilda tugatib, 1967 yilda Moskvadagi
kinostsenariy oliy kursiga kirib o‘qidi.
Uning ijodi jurnalist sifatida boshlangan bo‘lib, xabar va ocherklari talabank
yillaridayoq mahalliy matbuot sahifalarida paydo bo‘ladi. Uning dastlabki qissasi («Ne
xodi po obochine») 1964 yilda «Zvezda Vostoka» jurnalida chop etiladi. Shundan so‘ng u
yaratgan
qissa va romanlar Toshkentda, Moskvada rus va o‘zbek tillarida nashr etila
boradi. Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Temur Po‘lat rus ilida yozadigan o‘zbek
yozuvchilaridan bo‘lganligidan uning
asarlari tezroq tarqaladi, Ittifoq nashrlarida tez-tez
chop etiladi.
Adibning «Bo‘lak manzilgohlar», «Bolalar xori», “Dushan qaysarning ko‘rgan-
kechirganlari» 70—80-yillar adabiyotida sarguzasht janri taraqqiyotiga hissa bo‘iib
qo‘shildi. Shuningdek uning «Buxoro xonadonining kechmishlari», «Mulk», «Kunda-
shunda», «G’oyibning ikkinchi safari», «Yetti huzur-halovat va qirq qayg’u alam»,
«G’oyibning qaytishi», «Taroziy toshbaqasi» kabi o‘nlab yirik epik polotnolari kitobxon
tomonidan iliq qarshi olingan.
Temur Po‘lat publitsist va munaqqid sifatida ham o‘zining o‘nlab
maqolalari bilan
«Sharq yulduzi», «Zvezda Vostoka», «Literaturnoe obozrenie», «Drujba narodov» kabi
oynomalarda tez-tez chiqib turadi. Ayniqsa, uning tabiat muhofazasiga, xususan Orolga
oid o‘tkir chiqishlari alohida e’tirofga loyiqdir. U ayni chogda o‘zbek
adiblari asarlarini rus
tiliga, rus tilidagi adabiyotlarni o‘z ona tiliga tarjima qilishda ham mahorat ko‘rsatadi.
Temur Po‘latov 1986 yilda o‘zining «Mulk», «G’oyibning ikkinchi safari», «Kunda-
shunda» qissalari va «Buxoro xonadonining kechmishlari» romani uchun Hamza
nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1989 yilda esa unga O’zbekiston xalq
yozuvchisi faxriy unvoni berilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: