Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
124
MUHAMMAD ALI 
(1942) 
Shoir Muhammad Ali Andijon viloyatining Bo‘z tumanida 1942 yili dunyoga keldi. 
1959 yili o‘rta maktabii tamomladi. 1960 yili O’zbekiegon Yozuvchilari uyushmasi 
tomonidan Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot institutiga o‘qishga yuborildi. 
Muhammad Ali 1966 yilda institutni tamomlab, Toshkentga qaytadi va G’afur G’ulom 
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrirlik vazifasyada ishlay boshlaydi.
Shoirning ilk she’rlari o‘quvchilik yillaridayoq vaqtli matbuotda bosiladi. Birinchi yirik 
asari «Mashrab» (1966) dostonidir. Shundan keyin «Fazodagi hislar», «Shafaq», «Otalar 
yurti», «Alvon chechaklar», «Dostonlar», «Hayot sadosi (rus tilida, 1975), «Ninachi 
haqida ertak» (1976) «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» (1980), «Boqiy dunyo” (1981), 
«Sevsam, sevilsam» (1983), «Soz» (rus tshgada) nomli kitoblari o‘quvchilar qo‘liga 
tegdi. Uning «Do‘stlik yo‘li» nomli she’r va dostonlari (1990) qozoq va qoraqalpoq 
tillarida nashr etilgan.
Ma’lumki, Muhammad Ali shoir, publitsist yo'ki tarjimon emas, u romannavis sifatida 
ham shakllanib bormoqda. Uning «Boqiy dunyo» (1981) she’riy romani Mirmuhsinping 
«Ziyod va Adiba», Barot Boyqobilovning «Shukuhli karvon», «Notinch Xuroson», 
«Yulduzli osmon» kabi she’riy romanlariga hamohangdir. Adibning «Sarbadorlar» (1990) 
romani esa nasriy epik asar bo‘lib, ikki kitobdan iboratdir. Ayni chog’da u tarixiy roman 
sifatida XIV asrdagi eng yorqin tarixiy-ijtimoiy voqealarni — sarbadorlik harakati tarixini 
qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Eng muhimi, bugun xalqimiz erishgan mustaqillik 
uchun kurash ildizlarini, manbalarini tushunishga yo‘l ochadi. Shuning o‘zi romanning 
zamonaviy qimmatini tayin etadi. Aytish mumkinki, Muhammad Ali ko‘p qirrali 
ijodkorlardan. Uning «Oshiq bo‘lmay, haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas» (1992) nomli 
publitsistik maqolalar to‘plami ham shundan kafolat beradi. U ayni chog’da mohir 
tarjimon. Respublika tarjimonlar markazinnng rahbari sifatida ham faol ijod bilan band. 
U filologiya fanlari nomzodi (1992), O’zbekiston xalq yozuvchisi hamdir (1992). 
Shoir Muhammad Ali Pushkin, Bayron, Mitskevich, Tagor, Abay, Tumanyan va 
boshqalar asarlarini, buyuk hind eposi «Ramayana»ni o‘zbek tiliga o‘girdi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin