Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
119
ABDULLA ORIPOV 
(1941) 
Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dehqon 
oilasida 1941 yili dunyoga keldi. Obidiyda qishloq sovetidagi o‘rta maktabni 1958 yili 
oltin medal bilan tugatgach, O’rta Osiyo Davlat dorilfununi jurnalistika bo‘limiga kirib, 
uni 1963 yili muvaffaqiyatli bitirib chiqdi. 
1963 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasi kotibi
mualliflar huquqini himoya qilish idorasining rahbari vazifalarida xizmat qili! kelmoqda. 
A.Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she’rlari respublika vaqtli matbuotida bosilib 
chiqdi. 1965 yili birinchi she’rlar to‘plami «Mitti yulduz» chop etildi, shundan buyon 
shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), 
«O’zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» 
(1979), «Hakim va ajal» (1980) «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she’riy 
to‘plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to‘plamlarga kirgan she’rlarni ko‘zdan kechirar 
ekanmiz, unda shoirning she’rdan she’rga, to‘plamdan to‘plamga, yildan yilga o‘sib, 
ijodiy barkamollashib borganligiga guvoh bo‘lamiz.
Ayniqsa, 60-yillardan keyingi asarlarida hayot va odamlar haqidagi jamiyat va tabiat 
haqidagi falsafiy mushohadalarning tobora chuqur tus olayotganligi seziladi. Kuchli 
ehtirosli tuyg‘ular bilan badiiy talqin birbiriga uyg‘unlashib boradi. Bu, bora-bora teran 
fikrlash bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanadi, shoirning kamolotidan darak 
beradi. U ona obrazini chizadimi, birinchi muhabbatga sodiq lirik qahramon obrazini 
yaratadimi, O’zbekiston haqida kuylaydimi, olam va odamlar haqida she’r to‘qiydimi, 
hamma-hamma o‘rinda hayot haqiqati bilan badiiy haqiqatga sodiq qoladi. Hatto eng 
qatag’onlik yillarida ham rostini, ha kuchi yetganicha, imkoni boricha va pardalarda 
bo‘lsa ham rost so‘zladi, shoir. «Toqat» she’rida ham shu ruh sezilib turadi. 
Bozordan tutoqib qaytar uyga chol,
Go‘sht qayda? Yog‘ qani? Va’da so‘zdami?
Kampiri xo‘rsinib yupatar darhol. 
— O’kinmang, taqchillik faqat bizdami?? 
Abdulla Oripov she’riyatining hozirgi bosqichi yana ham o‘zgacha, ma’naviy-badiiy 
jihatdan yuksaklikka ko‘tarilmoqda. Uning «Haj daftari» (1992)ga kirgan «Hadis»lari 
ham buni to‘la tasdiqlaydi. Hozirgacha u 50 ta hadis-she’r yaratgan bo‘lsa, kelgusida uni 
yuzga yetkazmoqchi. U mustaqil O’zbekiston madhiyasining muallifi hamdir. Eng 
muhimi, unda shoir Qur’oni karim va hadisi shariflardagi ma’naviyatni qayta, zamon 
ruhida tiklash, yangi bosqichga ko‘tarishga intilyapti.
Abdulla Oripov iste’dodli shoir bo‘lganidek, iste’dodli tarjimon hamdir. U Dantening 
«Ilohiy komediya» asarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girdi. Abdulla Oripov 
Nekrasov, L.Ukrainka, Shevchenko asarlarsh ham ona tiliga tarjima qilgan. 
Ijodkorning she’riy majmualari rus va boshqa qa dosh xalqlar tillariga tarjima qilingan 
va alohida kitob holida nashr etilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin