Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
130
TURSUNOY SODIQOVA 
(1944) 
Shoira Tursunoy Sodiqova nozik ta’b, o‘tkir didli, nafosatli adibalarimizdan biri. U 
1944 yili Toshkentda tavallud tongan. Urush davri farzandi. Binobarin, hayotning 
achchiq chuchuklaridan boxabar. Shuning uchun ham uning she’rlarida umid, e’tiqod, 
yaxshi odamlar va yaxshi kunlarga ishonch bosh o‘rinda turadi. 
U o‘rta maktabdan so‘ng 1961 — 1966 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tah'sil 
olgan. Dastlabki mashqlari shu yerda paydo bo‘lgan. Bo‘lg‘usi shoira avval maktablarda, 
so‘ngra yoshlar tashkilotlarida ishlagan. Hozirgi kunda esa Andijon Davlat Tillar 
institutida talabalarga saboq bermoqda. Filologiya fanlari nomzodi. Uvali-juvali, viloyat 
va respublikada yaxshi tanilgan, e’tiborli jamoatchi hamdir.
Uning birinchi she’ri 1961 yilda «Lenin uchquni» ro‘znomasida bosilgan. Hozirgacha 
beshdan ortiq to‘plamlari chop etilgan. «Qizlar daftari» (1973) she’riy turkumining 
tashkilotchilari va mualliflaridan biridir. Shoiraning birinchi she’riy guldastasi «Kuy» nomi 
bilan 1978 yilda chop etilgan. 
Ha, chindan ham yaxshi she’r — orombaxsh kuydek kishiga huzur bag‘ishlaydi. 
Tuyg‘ularni qitiqlab, orzu-o‘ylarga, xayollarga yetaklaydi. Tursunoyning ushbu |«Kuy»ini 
o‘qisang, tinglasang arziydigan kuy. Kuy bo‘lganda ham orombaxsh kuy. To‘plamdagi 
she’rlar bir-biridagi fikr va g‘oyani to‘ldirib boradi. Eng muhimi yangi-yangi fikr bo‘lib 
tug‘iladi, fikrlarga, tuyg‘ularga yetaklaydi. «Ko‘zlarim» she’riga quloq soling-a: 
Qarashlarim humorida emish allakim, 
Kimlargadir orom bo‘lib qo‘nar ko‘zlarim. 
Allakimni tentiratar hasad tunida, 
 
Do‘st qalbida kunduz misol yonar ko‘zlarim,— 
desa, «O’quvchimga» she’rida eidi yuqoridagidek maftunkor va afsunkor, jozibali va 
sadoqatli yor timsolida emas, balki mehribon murabbiy, kechirimli ona sifatida namoyon 
bo‘ladi. To‘plamdagi ko‘pchilik she’rlar katta bir dard bilan, zo‘r zarb bilan yozilganligini 
his etish qiyin emas. Ma’lumki, ona mavzui muhabbat mavzui kabi boqiydir. Shoira ona 
haqida kuylar ekan, hech kimni, hatto o‘zini ham takrorlamaydi. Loaqal uning 
«Armonlarim» she’ridagi so‘nggi: «Uchrashmagan uchrashuvlar qoldi yo‘llarda...» 
misrasiga e’tibor bering-a?! Ha, bu misrada qancha armonlar, o‘ylar, tuyg‘ular bor? 
Xullas, Tursunoy she’rlari goh o‘ynoqi, sho‘x, shalolalardek zavqli, qudratli, ba’zi 
she’rlari og‘ir, vaznin, o‘y-xayolga toldiruvchi, inson, hayot, muhabbat va taqdir haqida 
yana ham chuqurroq o‘ylashga da’vat etuvchidir. U «Firoq» degan bir she’rida daryoga 
murojaat etib: «Betoqatsan, toshqin oqasan» degan edi. Shoiraning keyingi «Iqbol» 
(1984), «Dil gavhari» (1985) she’riy to‘plamlaridagi ko‘pchilik asarlarida ham ana shu 
holat ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Mazkur to‘plamlarning birinchisida agar insoniy his-
tuyg‘ular, g‘urur, inson ve ezgulik, oliyjanoblik va chin muhabbat kuylansa, keyingi 
guldastasida lirik, falsafiy ohangdorlik yetakchilik qiladi. Biz bu borada unga omad 
tilaymiz. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin